OKEANIYA DAVLATLARIGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF Okeaniya Tinch okeanining janubi-
g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan
orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning
umumiy maydoni – 1,26 mln km.kv.ni tashkil
etadi. Mazkur mintaqada 11 mln kishidan ortiq
aholi istiqomat qiladi. Uning tarkibida 40 ga
yaqin turli davlat, mamlakat va hududlar
mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mustaqil davlat
hisoblanadi. Okeaniya siyosiy xartasida 1 ta
federativ
davlat
(Mikroneziya
Federativ
shtatlari), 1 ta monarxiya davlati (Tonga) va turli davlatlarning qator mustamlaka
hududlari (masalan: Amerika Samoasi, Guam, Kingmen rifi (AQSH), Pitkern
(Buyuk
Britaniya),
Norfolk,
Ashmor
va
Kartye
orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya)
va b.) mavjud. Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Polineziya va
Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi. Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi
aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik
irqiga mansub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy
tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va
avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas.
Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga
e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qabilalarda an’anaviy dinlarga
e’tiqod qiluvchilar ham bor. Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda
qiyinchiliklarning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi,
asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar
qo‘l ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda
eksportbop monokultura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish,
ananas, banan, kofe, kakao) asosiy o‘rin tutadi. Okeaniya davlatlari jah
on bo‘yicha
kopra (quritilgan kokos) eksportining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi.
Chorvachilik, asosan, yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni
bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi. Dengiz
biologik resurslariga ega bo‘lgan mintaqa davlatlari qishloq xo‘jaligida baliqchilik
sohasi so‘nggi yillarda rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan eksportbop qishloq
xo‘jalik mahsulotlarga birlamchi qayta ishlov berish, o‘rmon va konchilik sanoati
korxonalari faoliyat olib boradi. Tabiiy rekreatsion resurslar ta’sirida xalqaro turizm
rivojlanmoqda. Ayniqsa, Fidji, Solomon orollari sayyohlar eng ko‘p tashrif
buyuradigan hududlar bo‘lib hisoblanadi
.