Kirish qismi


ITALIYA IQTISODIY RAYONLARI TAHLILI



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

ITALIYA IQTISODIY RAYONLARI TAHLILI
 
 
 
 
 
Italiyada Kampaniya, Latsio, Toskana, 
Lombardiya, 
Piemont, 
Veneto 
Italiya 
hududlari orasida, kamroq darajada Sitsiliya 
va Sardiniya iqtisodiy rayonlari mavjud. 
Italiya— yuksak rivojlangan industrial-
agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 
davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda 
sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi 
ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% 
(1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi 
sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band. Sanoatida ogʻir sanoat ustun. 
Jumladan, 
mashinasozlik, 
metallurgiya, 
avtomobilsozlik, 
toʻqimachilik, 
elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat 
mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika 
zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, 
Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), 
qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya 
o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz 
(Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik 
elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va 
geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi 
hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida 
ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, 
shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya
Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash 
korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar 
(Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp 
ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan 
mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, 
Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik 
(Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan 
atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, 
farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori 
darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont — anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. 
Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari — un, makaron, pishloq, qand-shakar
kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) ishlab chiqarishdir. 
Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan. Hunarmandchilikka 
ayniqsa katta eʼtibor beriladi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin