Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish va omborga joylashtirish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə120/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish va omborga joylashtirish 
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlariga odatda
avtomobil transportida tashiladi. Xususiy hollarda maxsus konstruksiyalar (temir
yo‘l shpallari, yuqori bosimda ishlatiladigan quvurlar va boshq.) temiryo‘l
transportida tashilishi mumkin. Kichik o‘lchamli buyumlar (plitalar, bloklar,
zinapoya supalari va marshlari va sh.k.) yuk avtomobillarda tashiladi. Yirik
o‘lchamli massiv konstruksiyalar (ustun, to‘sin, ko‘prik elementlari va sh.k.)
tirkamali tyagachlarda, devorbop panellar yarim tirkamali panel tashigichlarda
(trellerlar) tashiladi.
Qurilish maydonida temirbeton buyum va konstruksiyalar maxsus vakil
tomonidan qabul qilib olinadi. Bunda mahsulotning davlat standarti talablariga
mos kelishi pasporti va OTK ning shtampiga qarab tekshiriladi. Buyum va



konstruksiyaning tashqi nuqsonlari (darz, o‘lchamlarning nomutanosibligi va sh.k.)


mavjudligi ko‘zdan kechiriladi. YUk ko‘tarishga mo‘ljallangan har bir
konstruksiya, buyum va detallar esa tanlab ko‘zdan kechiriladi.
Temirbeton massiv buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlarida
montaj krani etadigan maxsus omborxonalarga taxlanadi.
Omborxonalarda temirbeton konstruksiyalar turlari bo‘yicha alohida
joylashtiriladi. Bunda bir tomondan armaturalangan konstruksiyalar armaturasi
pastki zonada bo‘lishi ta’minlanishi shart. Bunday konstruksiyalarda uchburchak
belgi bo‘lib, uning uchi konstruksiyaning ish vaziyatdagi ustki tomonini ko‘rsatadi.
Omborxona maydonidan unumli foydalanish maqsadida buyum va
konstruksiyalar shtabel ko‘rinishida ustma-ust yotqizib taxlanadi. Temirbeton
buyumlar ortiqcha zo‘riqmasligi uchun shtabelning balandligi belgilangan
meyordan ortmasligi kerak.
SHtabellarning balandligi va tayanchlarning holati texnik shartlar
ko‘rsatilgan davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan.
Devor panellari va boshqa turdagi panellar omborxonada vertikal yoki qiya
vaziyatda (10-12
0
qiyalikda) saqlanadi. Temirbeton buyumlarni omborxonada
saqlash namunalari 7.8-rasmda ko‘rsatilgan.
Hajmiy blokli uysozlik konstruksiyalari maxsus moslashtirilgan avtomobil
transportida tashiladi va omborxonalarda alohida saqlanadi. Qurilish ishlari aniq
tashkil etilgan maydonlarda hajmiy blokli xonalar transportdan bevosita montaj
uchun uzatilishi mumkin. Bunda tushirish va montaj ishlari vaqti qisqaradi va
qurilish maydonidagi omborxona kichik saxnni egallaydi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin