etilganini ko‘ramiz. Bu shaharlardagi binolarda sirlangan sopol buyumlar X-XII
asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli o‘lchamdagi va shakldagi
sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muqarnaslar, burmalar
va sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda
ishlatganlar.
Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab
shakl berib bino va inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta’sir etadigan
qismlarida ishlatganlar. qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida eman,
qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och,
archa, yong‘oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. YOg‘och sinchli binolar zilzilaga
bardoshliligi bilan ajralib turadi. YOg‘ochga o‘ymakorlik usulida ishlangan
ustunlar, bag‘dodi eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar xozirga qadar
arxitektura obidalarini bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bo‘yoqlardan foydalanish tarixi
miloddan avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli
minerallar, o‘simliklar kuli, bog‘lovchi sifatida esa, tabiiy o‘simlik yog‘lari
ishlatilgan.
qadimgi
Afrosiyob,
Varaxsha,
Xolichayon
kabi
tarixiy
yodgorliklarimiz devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir.
Tarixiy binolarni bezashda ishlatilgan ganch o‘ymakorligi alohida e’tiborga
sazovor. Ganch o‘ymakorligi asosida devor, ship, pillapoyalar, gumbazlar
bezatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir
va engil betonlar alohida o‘rin tutadi. Bu materiallarni qurilish industriyasining
asosiy mahsulotlari deb atash mumkin.
Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish
industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin
pasayadi.
Qurilishni
mukammallashtirish
va
tezlatish,
zamonaviy
qurilish
materiallarini ko‘plab ishlab chiqarishni taqazo etadi. Polimerlar asosidagi
materiallar, shisha buyumlar, lok-bo‘yoqlar, kompozitsion materiallar shular
jumlasidandir.
Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda sanoat va qishloq
xo‘jaligi chiqindilarini ishlatish ularning tannarxini pasaytiradi va ekologik
muhitni barpo etadi.
Qurilish materialshunosligi fanining rivojlanishiga A.Baykov,
YU.Bajenov, P.Zemyatchenskiy, V.Kind, V.Solomatov, I.Rыbev,
S.Baybolov, Y.SHtark, B.Skramtaev, A.Gluxovskiy, E.Qosimov kabi olimlar katta
hissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston qurilish va qurilish industriyasini rivojlantirishda chet ellar
bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Turkiyaning “Aysel” kompaniyasi,
Germaniyaning “Knauf” korporatsiyasi, AQSHning “Armstrong” firmasi shular
jumlasidandir.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli,
tannarxi arzon, mustahkam, uzoq muddat xizmat qiluvchi, mahalliy xom ashyo
zaminida ishlab chiqarilgan buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va
ishlatish sohalarini belgilash kiradi.
Er yuzida energiya resurslarining kamayib borishi binolar qurilishida
energiya samaradorligini keskin oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning deyarli 50 foizi yoki yiliga
17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolarning energiya iste’moliga to‘g‘ri
keladi. SHunga mutanosib ravishda parnik gazlarining 40 foizi binolarga xos
jarayonlardir. Bu soha O‘zR “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Birlashgan millatlar
tashkilotining rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda
binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor Dasturlarni
bajarmoqda. Jumladan, turar joy, jamoat (maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va
sh.k.) binolarni energiya samaradorligi dasturlaridir. Ushbu Dasturlarni bajarish
uchun Arxitektura qurilish sohasidagi Oliy ta’lim muassasalari, loyiha
ilmiytadqiqot institutlari va qurilish tashkilotlari jalb etilgan.
Eneriya samaradorlikda asosiy mezon sifatida qurilish materiallari va
buyumlarini binolar qurilishida ishlatilishini belgilash mumkin.
Ushbu muammoning asosiy echimlaridan biri issiqlik izolyasiyasi
materiallarini mukammallashtirish, fizik-mexanik, issiqlik-fizik va eksputatsiya
xossalarini keskin yaxshilar, yangi turlarini ishlab chiqarish talab etiladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash muammosi
echimi ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Global muammoning echimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilarni
talabalik davridan e’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish
yaxshi natijalar beradi.
Binolar qurilishida va eskilarini qayta qurishda energoaudit institutini
kiritish davr talabiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish Dasturi va Global ekologik fondning
“Sotsial ob’ektlarining energiya samaradorligini oshirish” mavzusidagi qo‘shma
loyihasi asosida KMK 2.08.05-97, KMK
2.01.04-97, SHNK 2.08.02-09, KMK 2.01.18-2000, KMK 2.04.05-97,
KMK 2.03.10-95 va KMK 2.08.04-04 kabi meyoriy xujjatlarga energiyani tejash
bo‘yicha majburiy talablar qo‘yildi.