Davlat standarti qo‘mitasi bilan O‘zR Davlatarxitektqurilish tomonidan
tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar;
texnik talablar; buyum turlari va
o‘lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va sh.k.
xollarda bo‘lishi mumkin.
Qurilish materillaridan foydalanib bino va inshootlar qurish “Qurilish
me’yorlari va qoidalarida” (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha tashkilot va
muassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947 yilda tashkil topgan
“Standartlash halqaro tashkiloti (MOS)” talablariga javob beruvchi xillari ham
mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish
va ishlatishga qulaylik
tug‘diradi.
Issiqlik yutuvchanlik.
Q=C·m(t
1
-t
2
) ; kJ
Bu erda: S- issiklik, yutuvchanlik koeffitsienti
Q- issiqlik miqdori M- namunaning massasi t
1
-t
2
temperaturaning farqi
Zarbga qarshilik. Materialning zarbga qarshilik ko‘rsatuvchanligi, standart
namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki hajm birligiga sarflangan
solishtirma ish bilan ifodalanadi.
Ishqalanishga qarshilik. Materialni ishqalash doirasida ming marta
aylantirganda namunaning 1sm
1
yuzasidan yo‘qotgan og‘irligiga ishqalanish
deyiladi.
Plastiklik. Material kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirsa
va kuch
olinganda avvalgi shakliga juda oz muddatda qaytsa, bunga plastiklik deyiladi.
(qo‘rg‘oshin, pulat, loy).
Qattiqlik. Materiallarga o‘zidan qattiq, jism botirilgandagi qarshilik
ko‘rsatuvchanlik xususiyati uning qattiqligi deyiladi.
Mo‘rtlik. Materialning kuch ta’sirida sezilarli deformatsiyalanmagan holda
buzilib ketishi uning mo‘rtligi deyiladi. (shisha, chuyan, beton)
2
.
1-jadval