Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Namlikdan 
deformatsiyalanish-materiallarning
nisbiy
namlik
o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan chiziqli yoki hajmiy o‘lchamlarining o‘zgarishidir.
Bu xususiyat materiallarning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich materiallarda
namlikdan deformatsiyalanish oz bo‘ladi (plastmassa, zich keramika, granit), yoki
umuman bo‘lmaydi (po‘lat, oyna, bitum). G‘ovak materiallar (yog‘och, beton,
giltuproq) nam ta’sirida kengayadi, namlik kamaysa, kirishishi hisobiga
deformatsiya ham kamayadi. Materiallarning bu xolati ulardan konstruksiyalar
tayyorlangan paytda juda katta ahamiyatga ega.
Suv o‘tkazuvchanlik-materiallarning bosim ostida o‘zidan suvni o‘tkazish
xususiyati bo‘lib, filtratsiya koeffitsenti bilan ifodalanadi
(m soat):
5. K
f
V
c
.
a [S
.
(p
1
-p
2
)
.
t] ,
bu erda: filtratsiya koeffitsenti (K
f
) 1m
2
yuzali devordan (a) 1 soat (t)
davomida o‘zgarmas bosimda (r
1
-r
2
1m.suv ust.) oqib o‘tgan suv miqdori (V
c
)
bilan o‘lchanadi.
Materiallarning suv o‘tkazuvchanligi ularning tuzilishiga, zichligiga
bog‘liq. Materiallarning bu xossasi tom izolyasiyasi, suv inshootlari va xavzalari
qurishda katta ahamiyatga ega. Juda zich materiallargina, masalan, bitum, shisha,
po‘lat, maxsus tarkibli plastmassalar va betonlar amalda suv o‘tkazmaydi. Suv
bosim ostida ta’sir ko‘rsatadigan joylarda beton va shu kabi materiallardan suvning
o‘tishi suv o‘tkazmaslik markasi (MPa) bilan belgilanadi. Bunday talab toza va
zovur suvlarini uzatuvchi quvurlarda, suv xavzalarda, erto‘la devorlarida,
gidrotexnik inshooatlarda ishlatiladigan beton, polimerbeton, keramika va sh.k.
materiallarga qo‘yiladi.
Sovuqqa chidamlilik-materialni suvga to‘yingan xolatda –15-170S
muzlatib, qayta eritilganda (1 sikl) siqilishdagi mustahkamligi 25%, massasi 5%
dan ortiq kamaymasa, bu material sovuqqa chidamli deb hisoblanadi. Material
g‘ovaklaridagi suvning muzlash harorati kapillyar g‘ovaklarning diametriga
bog‘liq bo‘lib, suv muzlaganda katta ichki zo‘riqish hosil qiladi. Harorat - 20
0
S
gacha pasayganda material g‘ovaklaridagi muz
210 MPa zo‘riqish hosil qiladi. Zo‘riqish yo‘nalishi to‘rt tomonga bo‘lgani
uchun ular bir-birini neytrallaydi. SHu sababli sovuq ta’sirida materiallar qirra



burchaklaridan buzila boshlaydi. Materiallarga sovuqqa chidamlilik ularning


ishlatilish soxasiga nisbatan belgilanadi. Atmosfera muhitida ishlatiladigan oddiy
og‘ir beton sovuqqa chidamliligi 50; 100; 200, gidrotexnik inshootlarda 500
siklgacha, tashqi devorbop g‘ishtlar, bloklar, engil betonlar 15; 25; 35 siklga teng
bo‘ladi. Materiallarning sovuqqa chidamliligi sovutish kameralarida sinaladi.
Buning uchun sinalayotgan materialdan tayyorlangan namuna quritilib, massasi
o‘lchanadi, so‘ngra to‘la suv shimdirilib, sovutish kamerasiga qo‘yiladi.
Muzlatilgan namunani eritish normal haroratda (20-250S) suvda amalga oshiriladi.
Namunaning turiga qarab, muzlatish va eritish uchun 4-6 soat vaqt ketadi. Material
sovuqqa chidamliligi impulsli ultratovush usulida tez va oson (namunalarni
buzmasdan) aniqlash mumkin. Bu usulda 3-6 namunaning 5,10 va h.k. sikllardan
keyingi mustahkamligi va elastiklik moduli o‘zgarishini aniqlash mumkin. Ayrim
xollarda materialning sovuqqa chidamliligini tezkor (kimyoviy) usul bilan ham
aniqlanadi. Bunda to‘yingan natriy sulfat tuzi eritmasini (Na
2
SO
4
.
1OH
2
O)
namunaga to‘la shimdirilib, so‘ng quritish shkafida 110 5
0
S haroratda quritiladi.
Bu ish 3-15 marta takrorlanadi. Bunda namunaning ochiq va tutash g‘ovaklari tuz
eritmasi bilan to‘ladi, quritilganda tuz kristallanib (suv muzlagandagidek) hajmi
kengayadi, natijada namunada katta ichki zo‘riqish hosil bo‘lib, materiallarning
buzilishiga olib keladi.
Atmosfera ta’siriga chidamlilik materialni 25 va undan ko‘p marta
namlanib quritilganda uning shakli va mustahkamlik ko‘rsatkichining o‘zgarishiga
aytiladi. Tashqi muhitda yog‘ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, shamol, turli gazlar
va x.k. omillarning ta’sirida materiallar astasekinlik bilan buzila boshlaydi.
Ayniqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar tarkibidagi namni bug‘lantirib,
material kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi.
Materiallarning tashqi omillar ta’siriga chidamliligini issiqsovuqqa
bardoshliligi orqali ifodalash maqsadga muvofiqdir. Bu omillar ta’siri laboratoriya
sharoitida
“sun’iy
iqlim
kameralarida”
aniqlanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin