Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə119/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Uzluksiz vibroprokat usulini injener N.YA.Kozlov konstruksiyalagan
bo‘lib, temirbeton buyumlar konveyer usulining mukammallashgan turidir.
Vibroprokat stani to‘la mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan tizim
bo‘lib, beton qorishmasini tayyorlashdan boshlab tayyor mahsulotni olishgacha
bo‘lgan jarayonlar uzluksiz ishlaydigan qurilmada bajariladi.



Vibroprokat stani qoliplaydigan lenta, taranglash va yuritish stansiyasidan,


qoliplaydigan va kalibrlaydigan bo‘limdan, issiqlik bilan ishlov beriladigan
bo‘limdan iborat uzluksiz harakatlanadigan konveyerdir.
Bu usulda yassi temirbeton qavatlararo panellar, ichki va tashqi yuk
ko‘tarishga mo‘ljallangan panellar, keramzitbetondan tayyorlanadigan (320mm
qalinlikgacha) tashqi devor bir qatlamli panellar, temirbeton qobiqlar, er osti
kollektori plitalari va boshqalar tayyorlanadi.
Temirbeton konstruksiyalarning sifatini nazorat qilish 
Temirbeton buyum va konstruksiyalar tayyor bo‘lgach albatta sifati zavod
OTK (texnik kontrol bo‘limi) xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Ishlab
chiqariladigan har bir buyum va konstruksiya sifat ko‘rsatkichlari jihatidan Davlat
standarti talablariga javob berishi kerak. Buyumlar sifatini nazoratdan o‘tkazishda
tashqi ko‘rinishi, shakli, o‘lchamlari, himoya qatlamining qalinligi, armaturalar va
konstruksiyani ko‘tarishda ilinadigan po‘lat sirtmoqlarning sifati va joylashishi,
betonning mustahkamligi va uning loyixaga muvofiqligi aniqlanadi. Tashqi va
ichki devor panellari va plitalarining o‘rtacha zichligi ham aniqlanadi. Har bir
buyum va konstruksiyalar guruhidan tanlab olingan kontrol namunalarning
mustahkamligi, bikrligi, darzlar hosil bo‘lishga turg‘unligi va zarurat bo‘lganda
boshqa xossalari sinab ko‘riladi.
Davlat standarti yoki texnik shartlar (TU) talabiga mos keladigan har
bir temirbeton buyum va konstruksiya maxsus bo‘yoqlar bilan markalanadi.
Markada buyum yoki konstruksiyaning pasport nomeri, indeksi (tipi),
tayyorlovchi zavod markasi, OTK nazoratchilarining nomeri va xususiy hollarda
tayyorlangan sana ko‘rsatiladi. Buyum yoki konstruksiyaning muayyan guruhiga
ikki nusxada pasport tuziladi, ulardan biri iste’molchiga beriladi, ikkinchisi esa
temirbeton zavodida qoldiriladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin