3. SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari SHisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi sababli
xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari shishaning muayyan
erish harorati bo‘lmaydi.
SHishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish uning
tarkibida mikrokristall hosilalar-kristallitlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. SHishaning
bu xolati uning “mikrogeterogenligi” deyiladi. Kristallitlik nazariyasi asosida
xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi kam shishalar-sitallar yaratiladi.
SHishaning o‘ziga xos strukturasi uning shaffofligini, mo‘rtligini, atmosfera
muhitiga, o‘tga chidamligini, harorat o‘zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi.
Nazariy mustahkamligi.
Deraza
oynalarining
cho‘zilishdagi
mustahkamligi 6500-8000 MPa bo‘ladi. SHisha strukturasida
mikrodefektlar bo‘lganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPa
bo‘ladi. SHishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, ba’zi xollarda
1200 MPani tashkil etadi.
Nur o‘tkazuvchanligi. Deraza oynalarining nur o‘tkazuvchanligi 9092%,
profillanganiniki 84-86%, shishabloklarniki 80-85% ni tashkil etadi. SHisha nurni
qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun va faqat 2% nurni o‘zi yutgani sababli
nur o‘tkazuvchanligi asosan nurni oynaga tushish burchagiga bog‘liq bo‘ladi.
Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi, ultrabinafsha nurlarni esa yomon
o‘tkazadi. SHisha zich material (2,5-2,6 g sm
3
) bo‘lgani uchun tovushni yaxshi
o‘tkazadi. SHu sababli binolarga tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning
ekspluatatsiya
xolatini
yomonlashtiradi.
Tovushni
izolyasiyalash
deraza
oynalarining qalinligi va ular orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi.