G‘ovakli keramik to‘ldirgichlar Keramzit-tarkibida kimyoviy bog‘langan suvi ko‘p bo‘lgan oson eriydigan
gillarni tez qizdirish natijasida ko‘pchitib olingan g‘ovak material. Gilning
ko‘pchishini oshirish uchun ko‘mir kukuni, qipiq, pirit kuyindilari va shu kabilarni
qo‘shish mumkin. Keramzit tayyorlash jarayoni keramik materiallar olish jarayoni
singari bo‘lib, keramzit soqqachalari avval tayyorlanib keyin xumdonda kuydirib
olinadi va zarur bo‘lsa keramzit maydalanadi. Keramzit soqqachalari granulyator,
lentali presslar va teshikli vallar yordamida tayyorlanadi. Xomashyo quritish
barabanlarida quritilgach aylanma pechlarda 25-45 minut davomida pishiriladi.
Keramzit shag‘ali 5-10, 10-20 va 20-40 mm fraksiyalarda, qumi esa 5 mm
gacha bo‘ladi. O‘rtacha zichligiga nisbatan keramzit shag‘ali 150, 200, 250, 300,
350, 400, 450, 500, 550, 600, 700 va 800 kg m
3
markalarda bo‘ladi.
Keramzitning silindrda siqilishga sinalgandagi markasi 0,3-5,5 MPa. Suv
shimuvchanligi 15-25%, sovuqqa chidamligi 15 sikl.
Keramzit engil betonlar uchun to‘ldirgich va issiqlik izolyasiyasi materiali
sifatida ishlatiladi.
Agloporit-gil va ko‘mir kukuni aralashmasi granulalarini (soqqachalar)
aglomeratsiya panjarasida pishirib olinadi. Aglomeratsiya panjarasida 25-45 minut
davomida pishirilgan xom ashyo palaxsasi sovitilgach maydalanadi va
fraksiyalarga ajratiladi. Uning o‘rtacha zichligi 300-1000 kg m
3
, siqilishga
mustahkamligi 0,3-3 MPa. Agloporit keramzit singari engil betonlar olishda,
issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Nazorat savollari 1.
Keramik materiallar xom ashyosi tarkibini qaysi asosiy minerallar tashkil etadi?
2.
Keramik buyumlar tayyorlashda plastik, yarim quruq usullarni tushuntirib bering.
3.
Oddiy va effektiv g‘isht turlarini izoxlab bering.
4.
CHinni, yarim chinni va fayans buyumlar tarkibi va xossalarini aytib bering.
5.
Keramik qoplama plitkalar tarkibi va asosiy xossalarini aytib bering.
6.
Qanday keramik g‘ovak to‘ldirgichlarni bilasiz?