Qum donachalari mineral tarkibi asosan kvars, dala shpati, kalsit, slyuda
kabi otqindi tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘
jinslari kamroq bo‘ladi.
Beton tayyorlashda daryo, dengiz qumlari yoki tog‘ (jar) qumlari
ishlatilishi mumkin. Daryo va dengiz qumlari donalari
silliq yuzali oval shaklda
bo‘lib, loy bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari serqirra
shaklda bo‘lib, tarkibida changsimon aralashmalar bo‘ladi. Qum zich tog‘
jinslarini, shlaklarni maydalab olinganda serqirra va yuzasi g‘adir-budir donachalar
hosil bo‘ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil bo‘lgan qumlarga nisbatan toza
bo‘ladi. YUqori sifatli beton tayyorlash
uchun qumlarni yuvib, quritib ishlatish
kerak.
Betonning sifati mayda to‘ldirgichning mineral tarkibiga,
donador
tarkibiga, gil va loyli aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig‘ida turli o‘lchamdagi
donalardan iborat
bo‘lishi zarur. Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam bo‘lib, undan tayyorlangan
beton esa zich strukturaga ega bo‘ladi. Qumning maydayirikligi, ya’ni donador
(granulometrik) tarkibi quritilgan qumni (1000 g) standart elaklar yig‘ilmasidan
o‘tkazish usulida aniqlanadi. Elaklar yig‘ilmasi 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm
ko‘zli elaklardan iborat bo‘ladi.
Qum tarkibida 5-10 mm fraksiyadagi qum-tosh aralashmasi 5% oshmasligi
kerak, 10 mm yirik donalar esa bo‘lmasligi shart.
12.1-jadval
Dostları ilə paylaş: