Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Tez qotuvchan shlakli portlandsement



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə70/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Tez qotuvchan shlakli portlandsement o‘ta mayda tuyulishi hisobiga
bunday samaraga ega bo‘lib, 3 sut 50% markadagi mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Bu sement turi issiqlik bilan qayta ishlanadigan temirbeton konstruksiyalar olishda,
shu jumladan katta o‘lchamli uysozlik panellari ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Gipssementputssolan bog‘lovchilar (GSPV) gips (50-75%), sement (15-
25%) va aktiv mineral qo‘shimchalar (10-25%) birgalikda maydalab tuyib
olinadi. Bu bog‘lovchida gips boshlang‘ich mustahkamlikni, sement keyinchalik
mustahkamlikni, aktiv mineral qo‘shimchalar esa qotgan bog‘lovchiga
turg‘unlashtiruvchi vazifani o‘taydi. GSPV gidravlik bog‘lovchi bo‘lib, devorbop
panellar, sanitariya-texnika kabinalari, boshqa buyum va qismlarni ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar-klinker tuyilayotgan paytda uning
tarkibiga 0,25% (massa bo‘yicha) lignosulfonatlar va ular asosida olingan gidrofil
organik qo‘shimchalar kiritib tayyorlanadi.
Bunday sementlar asosida olingan beton va qorishmalar harakatchanligi
juda yuqori bo‘ladi. Buning hisobiga beton va qorishmaning suv va sement nisbati
pasayadi, zich beton hosil bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi ortadi, sement sarfi, beton
sifatini pasaytirmagan holda, 10-20% gacha kamayadi.
Gidrofob sement-klinker tuyulayotganda 0,1-0,2% milonaft, asidol, yog‘li
kislotalar, kub qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi. Bu sement oddiy sementga
nisbatan gigroskopikligi kam bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini yo‘qotmaydi.
Gidrofob qo‘shimchalar beton va qorishmalarni qisman plastifitsirlaydi,
harakatchanligini oshiradi, keyinchalik buyum va konstruksiyalarga yuqori
darajada sovuqqa chidamlilikni, suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi. Sementda
gidrofob effekt bir necha 10 yillar davomida saqlanishi mumkin.
Oq va rangli portlandsementlar. Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq
soztuproq asosida olinadi. Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi
qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks holda sement noxush ranglarda bo‘lishi
mumkin.
Xomashyo gaz yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni yoki
rangi chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar yordamida maydalab
kukun holatiga keltiriladi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Talabga ko‘ra oppoqlik koeffitsienti (absolyut shkala vositasida, %) nurni
qaytarish koeffitsenti yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsient oq sement 1
navi 80% dan, 2 navi 75% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra,
temir suriki va sh.k.) aralashtirib olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish



qorishmalari, zinapoyalar, bordyur toshlari, piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari


olishda ishlatiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin