Sement qotayotganda issiqlik ajratib chiqarishi uning mineralogik
tarkibiga bog‘liq. Issiqlik ajralishi yupqa konstruksiyalarda yoriqlar hosil qilmaydi,
ammo massiv konstruksiyalarda harorat farqi 40
0
S gacha ko‘tarilishi mumkin.
Harorat farqidan hosil bo‘lgan ichki zo‘riqish konstruksiyalarning buzilishiga olib
keladi. Buni ogohlantirish uchun past ekzotermikli sement ishlatish, sement
miqdorini kamaytirish, zarur hollarda sun’iy sovutish mumkin.
Sement qabul qilish qoidalarigabinoan u partiyalarda zavodlardan
yuboriladi va joylarda qabul qilinadi. Sement zavodining quvvatiga qarab sement
partiyasi 300 dan 4000 t gacha bo‘lishi mumkin. Sement haqidagi ma’lumot
pasportda qayd etilib partiyasi bilan birga joylarga yuboriladi. Pasportda
sementning nomi, markasi, normal quyuqligi, qo‘shimchalar miqdori va issiqlik
bilan ishlangandagi aktivligi ko‘rsatiladi. Sementni qabul qiluvchi tashkilot uni
fizik, mexanik xossalarini, shu jumladan 3 va 28 sut mustahkamligini, ya’ni
markasini aniqlaydi.
Sement bo‘yicha barcha shikoyatlar u qabul qilingach 10 kun ichida ishlab
chiqaruvchiga etkazilishi lozim.
Sement tashkilotlarga platformalarda, avtotsemento- vozlarda yoki
ko‘pqatlamli qoplarda yuboriladi. Sement tashilayotganda va saqlanayotganda
namlik va ifloslanishdan ehtiyotlanishi kerak. Sementning turlari alohida saqlanishi
va birga qo‘shib ishlatilmasligi shart.
Portlandsementning ishlatilishi. Portlandsement bog‘lovchisi asosida
beton,
qurilish
qorishmalari,
asbestotsement
buyumlari,armotsement
konstruksiyalari va boshqa kompozitsion materiallar ishlab chiqariladi. Beton
qurilish tizimida yig‘ma temirbeton va monolit holatlarda ishlatiladi. Nisbatan past
markadagi sementlar g‘isht terish va suvoqchilik qorishmalari tayyorlashda
foydalaniladi. YUqori markadagi sementlar (400, 500, 550, 600) temirbeton va
armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda
ishlatiladi. Qurilish portlandsementini korroziya muhitida ishlatish maqsadga
muvofiq emas.
Portlansement shlab chiqarishda energiya sarfi yuqori bo‘lgani sababli uni
qurilish sohalarida ratsional ishlatish kerak.