Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə63/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

2.
Sement toshi korroziyasi 
Sement toshi V.N.YUng modeliga ko‘ra mikrobeton holatida bo‘lib, gelli
va kristalli sement gidratatsiyasi mahsulotlaridan va ko‘pgina klinkerning
gidratatsiyalanmagan qismlaridan iborat bo‘ladi. Sement gidratatsiyasining asosiy
hosilasi sifatida submikrokristall holatidagi kalsiy gidrosilikati zarrachalarini
ko‘rish mumkin. Gelsimon massaning bo‘lishi sementning havoda qotishida
kirishishiga, suvda saqlanishida shishishiga va bog‘lovchi asosida tayyorlangan
buyum va konstruksiyalarning o‘zgarishiga olib keladi.
Sement toshi korroziyasiga unga ta’sir etishi ehtimoli bo‘lgan o‘nlab suyuq
va gaz moddalar sababchidir. Bu agressiv muhitlar sement toshi tarkibidagi eng
aktiv bo‘lgan Sa(ON)
2
va 3CaO
.
Al
2
O
3
.
6H
2
O reaksiyalariga kirishib yangi moddalar
sement toshi tashkil etuvchilarini ajratishi va yuvishi, oson eriydigan yoki
yumshoq tuzlarni hosil qilishi, mikrog‘ovaklarda kristallanib ichki zo‘riqishlarni
hosil qilishi mumkin.

Baliq skeleti usuli 





Korroziyaning bir turi. Bu korroziya ishqorni yuvilishi bilan bog‘liqdir
va asosan yumshoq suvlar filtrlanishida hosil bo‘ladi. SaO konsentratsiyasi 1,1 g l
dan kamaysa kalsiyli gidrosilikat va gidroalyuminat parchalana boshlaydi. Sa(ON)
2
15-30% miqdorida yuvilishi sement toshi mustahkamligini 40-50% kamayishiga
olib keladi. Bu turdagi korroziyani ogohlantirish uchun klinker tarkibida uch
kalsiyli silikatni 50% gacha chegaralash zarur. Bundan tashqari aktiv mineral
qo‘shimchalar kiritish va zich beton tayyorlash ham birinchi turdagi korroziyani
sekinlashtiradi.
Korroziyaning ikkinchi turi. Bu turdagi korroziyani kimyoviy korroziya
deb atash mumkin. Bir holatda SaSO
3
ning erkin SO
2
bilan birikishi natijasida
kalsiy bikarbonatning hosil bo‘lishi uglekislotali korroziyani keltirib chiqaradi:
SaSO3 (SO2)
erkin
N2O Sa(NSO3)2
Sanoat va qishloq xo‘jaligi oqava suvlari, mineral o‘g‘it eritmalari,
oltingugurt gazidan hosil bo‘ladigan kislotalar, xlorid kislotalar va ularning
qoldiqlari sement toshiga ta’sir etib uni buzadi:
Sa(ON)
2
2NCl CaCl
2
2H
2
O;
Ca(OH)
2
H
2
SO
4
CaSO
4
.
2H
2
O
Bunda oson eriydigan SaSl
2
tuzi va hajmiy kengayadigan SaSO
4
.
2H
2
O
hosil bo‘ladi.
Magnezial korroziya quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Цемент
тошининг
емирилиши
)
( коррозияси
Уқаланиши
Цемент тошидаги
Са(ОН)
2
сув
таъсирида ювилиб
чиқиб кетади.
Минер
алли сувлар таъсирида
рўй беради.
Бунда Са(ОН)
2
тузлар
билан ёки сувдаги СО
2
бирикиб
билан
сувда
модда
хосил
эрийдиган
қилади
. У эса сувда ювилиб,
чиқиб кетади.
Кислота ва
угликислота
таъсирида
Сульфатли
емирилиш
цемент
Бунда
минералларига сувдаги
сульфат тузлари Са
S
О
4
,
М
gS
О
4
таъсир этади.



Sa(ON)
2


MgCl
2
CaCl
2
Mg(OH)
2
;
Ca(OH)
2
MgSO
4
2H
2
O CaSO
4
.
2H
2
O Mg(OH)
2
Bu reaksiyalar natijasida oson eriydigan tuzlar hosil bo‘ladi va sement
toshida osonlikcha yuvilib ketadi.
Mineral o‘g‘itlar ichida sement toshi uchun xavflisi ammiakli selitra va
ammoniy sulfatdir. Ammiakli selitra asosini tashkil etuvchi ammoniy nitrati
NH
4
NO
3
gidroliz natijasida kislota hosil qiladi va Sa(ON)
2
bilan reaksiyaga
kirishadi:
Sa(ON)
2
2NH
4
NO
3
2H
2
O Ca(NO
3
)
2
.
4H
2
O 2NO
3
.
Kalsiyli nitrat suvda yaxshi eriydi va sement toshidan oson yuviladi.
Fosforli o‘g‘itlar ichida superfosfat sement toshi uchun xavfli sanaladi,
chunki u asosan fosfat monokalsitdan Sa(N
2
RO
4
)
2
va gipsdan iboratdir va bundan
tashqari erkin fosfor kislotasi ham bo‘lishi mumkin.
Organik kislotalar ham sement toshini korroziyaga uchratadi. Ayniqsa
uksus, sut va vino kislotalari, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘li kislotalar (olein,
stearin, palmitin va sh.k.) sement toshini shiddat bilan emiradi.
Bundan tashqari yog‘li kislota qoldiqlari bo‘lgan zig‘ir, paxta va baliq
moylari ham sement toshini korroziyaga uchratadi. Neft kislotasi va oltingugurt
qoldiqlari (kerosin, benzin, mazut va x.k.) ham sement toshi uchun xavflidir.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin