Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo’lgan xo’jalik sub’ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi. Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2007 yilga kelib Respublika hududida ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni, ularning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi. Bunday korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) sohalarida to’plangan. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki, bizning Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat1.Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.2020 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti hajmi to’xtovsiz ko’payib borib, 2020 yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri keldi. Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xomashyo resurslari narxi tez-tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasidagi yagona iqtisodiy makon to’g’risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.MDH mamlakatlari bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlari muassasalari – Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular kuchga kirdi.Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan keladigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasini, turli qo’shma sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin.
"O`zbekinvest" Davlat sug`urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy investitsiyalarni sug`urtalash bo`yicha tashkilot hisoblanadi.
Davlat Soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi bojxona masalalari bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo`linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rol o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu idoralarning har biri o`z mas`uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning natijasi uchun javobgardir. Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, respublika tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida ko`tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi. Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va foydalanishga javobgar bo`lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi. Respublika hukumati topshirig`iga ko`ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag`larni olish, o`tqazish yoki qo`yishni hal etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi shuningdek respublikaning to`lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi.
Respublika Davlat soliq qo`mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari mulkchilikning turli ko`rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo`lib oladi. SHu jumladan, qo`shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsati bo`lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum banklarda o`z valyuta hisoblari bo`lishga va bu mablag`lardan foydalanishga ruxsat berilagan.
Xulosa. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz mamlakatimiz hududida qadim tarixda ham faol savdo aloqalari sodir bo‘lib turganini ko‘rishimiz mumkin. Bunga Qadimgi Baqtriya, Katta Xorazm va Sug‘diyona davlatlari hududida bo‘lgan savdo aloqalarini misol qilib keltirish mumkin. Amir Temur va Temuriylar davrida ayniqsa savdo – sotiq munosabatlari yaxshi rivojlandi. Bunga Amir Temurning olib borgan oqilona davlat siyosati sabab bo‘lgan. Amir Temur Fransiya qiroliga xat yozib, unda Xitoydan boshlanadigan Buyuk Ipak yo‘lini Movaraunnahr orqali Yevropa davlatlariga yetkazish va o‘zaro tashqi iqtosodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirgan. . Buning natijasida tez fursatlarda davlatimiz yuqori darajada rivojlanib jahon miqyosida o‘zining ishonchli iqtisodiy hamkorlariga ega bo‘ldi. Respublikamizning iqtisodiy geografik jihatdan qulay joylashganligi va boy tabiiy resurs, xomashyolarga egaligi xorijiy davlatlarni biz bilan hamkorlikka chorlaydi. Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M tashabbuslari bilan avvalo bizga qo‘shni bo‘lgan davlatlar bilan o‘zaro mustahkam do‘stlik shartnomalari imzolandi va iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bunga misol tariqasida mamlakatimizga chegaradosh bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi bilan olib borilayotgan iqtisodiy aloqalarni misol qilib keltirish mumkin. 2016 yilnining 14 – 16 aprel kunlari Qozog‘iston Prezidenti mamlakatimizga amaliy tashrif buyurdi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o’sib bormoqda. 2015-yil yakunlariga ko’ra, bu ko’rsatkich 3 milliard dollardan ziyodni tashkil qilgan.
Qozog’istonda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilgan 151 korxona faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda Qozog‗iston kapitali ishtirokida 206 korxona, shu jumladan, 171 qo’shma korxona ochilgan. O’zbekiston Respublikasi va Qozog‗iston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya o’zaro aloqalarni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Joriy yil 10-11-mart kunlari Ostona shahrida mazkur komissiyaning 15-majlisi bo’lib o’tdiTransport kommunikatsiyalari sohasi hamkorlikning ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Mamlakatlarimizning avtomobil va temir yo’llari o’zaro integratsiyalashgan. Bu muhim kommunikatsiya tarmog'i uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini o’tamoqda. O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning ko‘pgina davlatlari bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Respublikamiz Jahon bozorida ham o‘z o‘rniga ega va o‘zining eksport mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Shu bilan birgalikda Jahon bozoridan o‘zi uchun kerakli tovar va xizmatlarni ham harid qiladi. Prezidentimiz say harakatlari bilan xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni yaxshilash maqsadida tegishli Qonun va Farmonlar qabul qilindi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit ham yaratildi. Buning natijasida, dunyoning Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH va Yevropa ittifoqi davlatlari bilan ikki tarflama kelishuvlar imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga va jahon xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashib borishga intilmoqda. Hozirgi kunda jahondagi iqtisodiy munosabatlarda globallashuv jarayoni tobora kuchayib bormoqda. Bu borada 1-Prezidentimizning « … tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta‘sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy – iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi»1 degan so‘zlarini esga olishimiz muhimdir. Shuningdek, dunyoning yirik, jadal iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlari bilan savdo – sotiq aloqalarini kengaytirish, «… eksport qilinadigan mahsulotlarimizni tarkibini va umuman, tashqi savdo aylammasini yanada diversifikatsiya qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda». Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M ta‘kidlaganlaridek, biz bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jahon bozorida o‘z o‘rnimizni saqlab qolish, mamlakat hududida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, xorijiy mamlakatlar bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ichki bozorni himoya qilgan holda eksport va import operatsiyalarini yanada rivojlantirish uchun tinmay xarakatda bo‘lishimiz, o‘qib o‘rganishimiz va asosiysi bor kuch va e‘tiborimiz bilan yurt tinchligini saqlashimiz zarurdir. Chunki tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish va o‘sish bo‘ladi.