Kirish. Reja. O’zbekistonning iqtisodiy geografik joylashuvi va eksport salohiyati



Yüklə 60,07 Kb.
səhifə4/11
tarix16.10.2023
ölçüsü60,07 Kb.
#156085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Avaz kurs ishi2.1

Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chiqarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish (import)dan tashkil topadi. Eksport va import yig’indisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar o’rtasida savdo sotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng qadimiy shaklidir. O’zbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo sotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. Asosiysi — O’zbekistonning Tashqi savdoda faqatgina xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqda, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qo’shimcha moddiy moliyaviy resurslarni jalb qilish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnika va texnologiyani joriy etish, ichki iste’mol bozorini turli tuman keng xalq iste’moli tovarlari bilan to’ldirish, xizmat ko’rsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo ‘O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida’ (1991, 14 iyun), ‘Valyutani tartibga solish to’g’risida’ (1993, 7 may), ‘Davlat bojxona xizmati to’g’risida’ (1997, 29 avg .) qonunlari, ‘Bojxona kodeksi’ (1997, 27 dek.) va boshqa qonun va qarorlar, me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mamlakatlar o’rtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol o’ynaydi.
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o’zaro bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud bo’lgan, mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan, ammo ko’pgina mamlakatlar, so’ngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xo’jaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga o’tish bilan shakllana boshladi va XX asr boshlariga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini to’ldiradigan omildan mamlakat xo’jaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli ishlab chiqarish imkonini bersa, tovarlarni ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni ta’minlasa, shu tovarlar ko’plab yaratiladi va Jahon bozoriga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurslarni sarflash qulay bo’lmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bo‘lmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi, ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.

Yüklə 60,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin