Kirish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə5/10
tarix16.09.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#144374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-semestr 1-ma`ruza sintaksis. So’z birikmasi sintaksisi reja

2. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar gapda so‘zlarning o‘zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi. Masalan: Xalqning ulug‘vorligi uning soni bilan o‘lchanmaydi, yagona o‘lchov uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir. («Tafakkur gulshani»). Bu gapda ot (soni) fe’lga (o‘lchanmaydi) bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan; kamoloti, barkamolligi so‘zlari teng aloqaga kirishib, uyushgan ot kesim vazifasini bajargani holda va bog‘lovchisi yordamida sintaktik munosabatga kirishgan.
Ba’zi hollarda yuklamalar ham bog‘lovchi vazifasida kelib, gaplar, so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatni ko‘rsatib keladi: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi. (P.Q.).
Bog‘lama ega va ot kesim munosabatini ifodalashga xizmat qiladigan yordamchidir: Hayotda go‘zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
3. So‘z tartibi. Gap tarkibidagi so‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar bo‘lganda, ularning o‘rnini almashtirish sintaktik holatni o‘zgartirmaydi. Qiyoslaylik: daraxtlarning tagida... nozikkina maysalar ko‘rinib qoladi. (O‘.U.). – Nozikkina maysalar daraxtlarning tagida ko‘rinib qoladi.
`So‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar bo‘lmaganda, ularning o‘rnini almashtirish sintaktik holatga ta’sir qiladi. Qiyoslang: yam-yashil dala (aniqlovchili birikma) – Dala yam-yashil (ega, kesimdan iborat yig‘iq gap).
4. Pauza(to`xtam). Pauza ham sintaktik vosita sifatida ahamiyatga ega. Pauzaning o‘zgarishi sintaktik holatning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan: Quloq solib o‘tirgan boladan so‘radi. Bunda boladan so‘zidan so‘ng pauza qilinsa, quloq solib o‘tirgan sifatdoshi boladan so‘ziga nisbatan sifatlovchi vazifasini bajaradi. Agar quloq solib o‘tirgan sifatdoshidan keyin pauza bo‘lsa, sifatdosh anglashgani holda ega vazifasini bajaradi.
Odatda, nutqda, gapda so‘zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o‘zaro ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, qiziqarli kitob, tog`ga chiqmoq, tez o‘qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o‘z ichida qismlarga bo‘linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z va so‘z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo‘lgan bog‘lanma so‘z birikmasi deyiladi.
So‘z birikmasi mustaqil so‘zlarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi, yordamchi so‘zlar (ko‘makchilar) o‘z oldidagi mustaqil so‘z bilan birga birikmaning bir qismi, a’zosi sanaladi. Masalan, do‘stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq kabi.
So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim, ikkinchi tobe bo‘ladi. So‘z birikmasi boshqaruv, bitishuv, muvofiqlashuv usullari bilan hosil bo‘ladi.
So‘z birikmasi, birinchidan, frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik iboralar so‘z kabi til birligi bo‘lib, so‘z kabi tayyor holda qo‘llanib, bir butun holda lug‘aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z birikmasi tarkibidagi a’zolar boshqa-boshqa gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
So‘z birikmasini, ikkinchidan, gapdan farqlash lozim. So‘z birikmasi tushuncha ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion tugallikka ega bo‘lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So‘z birikmasi kamida ikki mustaqil so‘zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topishi mumkin.
So‘z birikmasi, uchinchidan, o‘zaro teng bog‘langan so‘zlardan ham farq qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Bunda maqsad va maarom so‘zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq bo‘lak hosil qilib, so‘z birikmasi sanalmaydi.
So`z birikmasi, to`rtinchidan, fonetik taktdan (sintagmadan) farqlanadi.



Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin