Kirish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə8/10
tarix16.09.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#144374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-semestr 1-ma`ruza sintaksis. So’z birikmasi sintaksisi reja

3. Holli birikma. Bu xil so‘z birikmalarining tobe qismi hol vazifasini bajaradi. Holli birikmaning tobe va hokim a’zolari o‘zaro bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: yangicha fikrlamoq, birga ishlamoq, maktabdan qaytmoq, erta boshlamoq.
So‘z birikmalari tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1) oddiy so‘z birikmalari, 2) murakkab so‘z birikmalari.
Oddiy so‘z birikmasi. So‘zshakl bilan so‘z (leksema)ning yoki ikki so‘zshaklning bog‘lanmasi oddiy so‘z birikmasi hisoblanadi: keng dala, tekisroq yo‘l, tinchlikka da’vat qilmoq, davlatlarning hamdo‘stligi, maktab hovlisi.
Biror qismi frazeologik ibora yoki murakkab tushunchani bildiradigan turg‘un birikma bilan ifodalanadigan so‘z birikmasi ham oddiy so‘z birikmasiga mansub bo‘ladi. Masalan: yulduzni benarvon uradigan odam, Fanlar akademiyasi institutlari kabi.
Murakkab so‘z birikmasi. Bunda birikmaning qismlaridan biri yoki har ikkisi so‘z birikmasi bilan ifoda etiladi. Masalan, mehnat qilishni sevadigan odam, odamlarga xayrixoh bo‘lgan kishi kabi so‘z birikmalarining tobe a’zosi («mehnat qilishni sevadigan», «odamlarga xayrixoh bo‘lgan») so‘z birikmasi shaklida qo‘llanib, hokim so‘zga bitishuv yo‘li bilan bog‘langan.
Murakkab so‘z birikmasining biror qismi, ko‘pincha tobe qismi predikativ birlik, predikativ bog‘lanma bilan ham ifodalanishi mumkin: qiliqlari yoqimli bola, ota-onalarimiz bergan nasihatlar kabi birikmalarning tobe a’zosi («qiliqlari yoqimli», «ota-onalarimiz bergan») gapga teng qurilma, ya’ni predikativ birlik, predikativ bog‘lanma bilan ifodalangan.
Sintaktik aloqa turlari
So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi:
1) teng bog‘lanish, yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish, yoki tobe aloqa.
Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan, biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, sanash ohangi (ohang) yordamida munosabatga kirishadi.
Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur).
Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal sifatlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq sifatlovchilar vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan qismlar (so‘zlar, ergash gapli qo‘shma gap qismlari) o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to‘ldiradigan qismi tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o‘qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo‘lsa, qadr-qimmati ham bo‘ladi (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim qism (o‘qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe qism bo‘lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo‘shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland bo‘ladi» hokim qism, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo‘lsa» tobe qism, ergash gap sifatida qatnashgan. Shunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini so‘zlar orasida ham, gaplar orasida kuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog‘lanish haqida «Qo‘shma gap» bo‘limida bahs yuritiladi).
So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog‘lanish.
Ega va kesimning bog‘lanishi predikativ tobe bog‘lanish hisoblanadi va bunday bog‘lanishdan gap hosil bo‘ladi. Tobe (ergash) bog‘lanishning qolgan ko‘rinishlari (aniqlovchi+aniqlanmish, to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe bog‘lanish bo‘lib, bunday bog‘lanishdan so‘z birikmasi yuzaga keladi. So‘zlarning nopredikativ tobe bog‘lanishi uch xil bo‘ladi: 1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) moslashuv.



Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin