Kirish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə7/10
tarix16.09.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#144374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-semestr 1-ma`ruza sintaksis. So’z birikmasi sintaksisi reja

2. Fe’lli birikma. Bunday birikmaning hokim qismi fe’l bilan ifodalanadi: tez ishlamoq, oldinda yurmoq, diqqat bilan tinglamoq, kulib gapirmoq.
Fe’lli birikmaning a’zolari o‘zaro bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. Fe’lli so‘z birikmasi so‘z shakl bilan so‘zning (leksemaning) o‘zaro bog‘lanishidan yuzaga keladi.
3. Sifatli birikma. Mazkur birikmada hokim so‘z otlashmagan sifat bilan ifodalanadi, birikmaning qismlari boshqaruv yo‘li bilan sintaktik munosabatga kirishadi: akasidan kuchli, singlisidan ziyrakroq.
4. Ravishli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi otlashmagan ravish bilan ifodalanadi. Ravishli so‘z birikmalarida tobe va hokim qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: raketadan tez, toshbaqadan sekin.
5. Modal so‘zli birikma. Bunda modal so‘z birikmaning hokim so‘zi sifatida keladi. Birikma boshqaruv yo‘li bilan tuziladi: bizga kerak, o‘quvchilarda bor.
Sifatli, ravishli, modal so‘zli birikmalar ham fe’lli birikma singari so‘zshakl bilan so‘z (leksema)ning o‘zaro bog‘lashi natijasida hosil qilinadi.
So‘z birikmalari, tobe a’zoning sintaktik vazifasiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) aniqlovchili birikma; 2) to‘ldiruvchili birikma; 3) holli birikma.
1. Aniqlovchili birikma. Bunday birikmalarning tobe a’zolari aniqlovchining barcha turlari vazifasini bajaradi. Shunga ko‘ra ularni: 1) sifatlovchili birikma; 2) qaratuvchili birikma; 3) izohlovchili birikmalarga ajratish mumkin. Masalan: yozma ish, ilmiy maqola, beshta kitob, allaqanday ovozlar – sifatlovchili birikma; iqtisodiyotning taraqqiyoti, maktab hovlisi - qaratuvchili birikma; o‘qituvchi Salimova, professor Qodirov - izohlovchili birikma.
Aniqlovchili birikma bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan tuziladi.
2. To‘ldiruvchili birikma. Tobe a’zosi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradigan so‘z birikmasi to‘ldiruvchili birikma deb yuritiladi. Bunda qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan birikadi. Masalan: yoshlarga nasihat qilmoq, odamlarni qadrlamoq, talabalar uchun darslik, ilm-fan haqida so‘zlamoq.

Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin