break operatori Ba'zi hollarda takrorlanish bajarilishini ixtiyoriy joyda to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bu vazifani break operatori bajarishga imkon beradi. Bu operator darhol takrorlash bajarilishini to‘xtatadi va boshqaruvni takrorlashdan keyingi operatorlarga uzatadi. Break operatorini takrorlash operatori tanasining ixtiyoriy (zarur) joylariga qo‘yish orqali shu joylardan takrorlashdan chiqishni amalga oshirish mumkin.