Ta’lim strategiyasi Kursning strategiyasi quyidagicha: maʼruza davomida talaba kurs boʼyicha zarur nazariy bilimlarni oladi. Semestr davomida bir marta oraliq nazoratlari oʼtkaziladi va ikkita mustaqil ish bajariladi. Amaliy mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchi talabalarga maʼruza davomida olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llashni ko‘rsatib beradi va o‘rgatadi. Har bir amaliy mashgʼulotining oxirida talaba mavzuni yanada mustahkamlashga yoʼnaltirilgan mustaqil ishlarni bajarish uchun individual topshiriqni oladi. Semestr davomida talaba kurs davomida olingan hamma bilimlarini qamrab oluvchi amaliy ishini bajarishi kerak.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:
Amaliy mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar;
Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari;
Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar.
Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Baholash usullari
Ekspress onlayn testlar, yozma ishlar, og’zaki so‘rov, prezentasiyalar va h.k.
90-100 ball «a’lo» «Pedagogik web dizayn ” fani bo’yicha xulosa va qaror qabul qilish.
«Pedagogik web dizayn ”fani yuzasidan ijodiy fikrlay olish.
Mustaqil mushohada yurita olish.
Fan bo’yicha olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish.
Bilish, aytib berish.
Tasavvurga ega bo’lish.
ball «yaxshi»
«Pedagogik web dizayn ”fanini mustaqil mushohada qilish.
Fan bo’yicha olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish.