To‘g‘onning bo‘ylama qirqimi va planini chizish «To‘g‘onning bo‘ylama qirqimi va plani» (1-chizma) ni chizish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar topshiriq varaqasidan olinadi. Quyidagi belgilarni kiritamiz:
21 m – to‘g‘on usti kengligi;
4,75 – to‘g‘onning ho`l qiyaligi koeffitsienti;
3,5 – to‘g‘onning quruq qiyaligi koeffitsienti.
To‘g‘onning bo‘ylama qirqimini chizish uchun masshtab tanlashimiz lozim. Vertikal masshtabni topshiriq varag‘ining topologik sxemasidagi gorizontallar qadamiga bog‘liq holda 1:1000, gorizontal masshtabni topshiriq varag‘ida keltirilgan masshtabga teng deb qabul qilish tavsiya qilinadi. To‘g‘onning plani uchun gorizontal masshtabni qoldirib, vertikalni 1:500; 1:1000; 1:2000 qabul qilish mumkin. 1-chizma A-4 formatli millimetrovka qog‘ozida bajariladi.
Nuqtalar 1-chizmaga topilgan masofalar orqali tegishli gorizontallarga ko‘chiriladi. Hosil bo‘lgan nuqtalarni birlashtiramiz.
=0
=3
=6
=9
=12
=15
=18
=21
Nuqtalar proeksiyalari planga ko‘chiriladi, to‘g‘on o‘qi ko‘rsatiladi. O‘qqa nisbatan avval to‘g‘on usti, keyin qiyaliklar proeksiyalari chiziladi. Planda to‘g‘on asosi bo‘yicha uzunligi Lt va usti bo‘yicha to‘g‘on uzunligi Lus ko‘rsatiladi.