To‘g‘on to‘kmasining hajmi, to‘g‘on asosi ostiga qirqiladigan tuproqning hajmi (qirqma hajmi), to‘g‘on usti va qiyaliklarini tekislash maydon, beton qoplama hajmini aniqlash lozim.
To‘g‘on to‘kmasining hajmi, murakkab shakl hajmi ko‘rinishida bo‘lib, sodda shakllar hajmlari yig‘indisi kabi aniqlanishi mumkin. Bunda to‘g‘onni vertikal yoki gorizontal qirqimlar yordamida sodda shakllarga bo‘lish mumkin. Vertikal qirqimlar usulini ko‘rib chiqamiz. To‘g‘onni vertikal qirqimlar bilan bo‘lgandategishli nuqtalarda prizmalar hosil bo‘ladi. Geometriyadagi formulalardan foydalanib, quyidagi ifodalarni yozishimiz mumkin. i – nuqtada to‘kmaning ko‘ndalang kesimining yuzi (trapesiya yuzi):
(m2)
... qolgan qismi pastdagi jadvalda hisoblandi.
bu yerda: hi – ko‘rilayotgan nuqtada to‘kma balandligi (m)
i – nuqtada qirqiladigan qatlam ko‘ndalang kesimini yuzi:
= (m2)
bu yerda: hkir =0.19 m– to‘g‘on asosi ostiga qirqiladigan tuproq qatlamining qalinligi (m)
i-nuqtadagi qirqimda to‘g‘on usti va ho‘l qiyaligini qoplamasini ko‘ndalang kesimini yuzi:
(m2)
bu yerda: hqop =0.29 m–to‘g‘on usti va ho‘l qiyaligi qoplamasining qalinligi (m).
i – nuqtada to‘g‘on usti va qiyaliklarini tekislash uzunligi:
= (m)
To‘g‘onga joylashtiriladigan tuproq hajmi: