Кишлок хужалик гидротехник мелиорацияси


Pedagogika fanlari tizimi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/4
tarix06.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#141811
1   2   3   4
2.Pedagogika fanining maqsad va vazifalari

Pedagogika fanlari tizimi.

  • 1. Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
  • 2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
  • 3. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga hos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
  • 4. Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi.

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  • 1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
  • 2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
  • 3. Sotsiologiyaijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
  • 4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
  • 5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

  • Yüklə 0,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin