Kitob mutolaasi. (Nutq uslublari) Reja


Mavzu bo’yicha tezkor – so’rovlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#151227
1   2   3   4   5
6-Mavzu. Kitob mutolaasi

Mavzu bo’yicha tezkor – so’rovlar:
1. “Kitob-xazinalar kaliti” deganimizda nimani tushunasiz?
2. Kitoblar ilk bor qachon paydo bo’lgan?
3. Kitoblar qanday yaratiladi?
4. Kitob o’qish madaniyati deganda nimani tushunasiz?
5. Sizga ko’proq qanday kitoblar yoqadi? Nima uchun?
6. Badiiy va ilmiy kitoblar orasida o’xshashliklar bormi?
7. O’zbek adabiyotiga tegishli qanday kitoblarni bilasiz?
8. Bugungi kunda qanday kitoblar keng tarqalgan?
9. Kitob o’qishning qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
10.Kitob soni muhimmi yoki sifati muhimmi?

Bilib oling.


Kitоb bu…
g’оyat qudrаtli kuch
eng yaхshi mаslаhаtchi
bilim bulоg’i
Kitоb ilm nuri
o’quvchilаrning o’rtоg’i
eng buyuk хаzinа
millаt bоyligi

2- tоpshiriq. Kitob haqidagi o’gitlarni yod oling va sharhlang.


Kitоb hаqidа o’gitlаr

  1. Hаyotdа bir dоnа yaхshi kitоb yozish kаttа ish hisоblаngаnidеk, bir dоnа yaхshi kitоb o’qish hаm kаttа gаp.

Lеv Tоlstоy

  1. Hаr bir оdаm kitоbni uning qаhrаmоnlаrigа o’хshаsh uchun o’qiydi.

Jоrj Simеnоn

  1. Insоn yarаtgаn nаrsаlаr ichidа kitоb qаlbimizgа eng yaqinrоg’idir.

Jоzеf Kоnrаd

  1. O’zimizdаgi bаrchа yaхshi fаzilаtlаr uchun kitоbdаn minnаtdоrmаn.

Dоnоlаr bisоtidаn
 1-mаshq. Kitob o’qish madaniyati haqida bahs-munozara o’tkazing va namunadagi “Nima uchun?” sxemasini davom ettiring.


Badiiy kitobni mutolaa qilish bugungi kunda nega susaydi?

Vaqtlarini ko’proq uyali aloqalar bilan o’tkazishi
tufayli


Nutq uslublari

Bilib oling. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyat-larida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foy-dalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farq-lanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy us-lub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.


Bilib oling. Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llana-di. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish mu-him hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslub-ning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nis-batan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi.
Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’-lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi berila-di), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayon-da obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usul-laridan foydalaniladi.
1- tоpshiriq. Mutaxassisligingizga oid darslikdan o‘tilgan mavzudagi biror parchani tanlab, daftaringizga ko‘chiring. Undagi atamalar va tayanch so‘zlarning ma’nosini ilmiy uslubda izohlang.
 3-mаshq. Quyidagi kitoblardan qaysi birini mutolaa qilgansiz? Ularning ichida o’qigan kitobingizni badiiy uslubda sharhlang.




Uyga vazifa
Kitob-tafakkur quroli” mavzusida matn tuzish
va unda ilmiy uslubni aniqlash


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin