Rost va yolg’on Haqiqatdan qo’rqqan odam yolg’onning panasiga berkinadi.
Xom sut emgan banda Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog’lik. Tinchlik.
Gunohi - azim Do’stni xo’rlash - gunoh. Umr yo’ldoshini xo’rlash - yuz hissa gunoh. Ota-onani xo’rlash-
ming hissa gunoh. Go’dakni xo’rlash - cheksiz gunoh.
Qismat Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o’xshaydi. Goh oq katakdan o’tadi, goh qora katakdan… farqi shuki, birovning qismatida oq kataklar ko’proq bo’ladi, birovnikida- qora kataklar…
Oftob Yaxshiyamki Xudo oftobni bag’rikeng qilib yaratgan. Bo’lmasa yer yuzidagi odamlarning
illatlarini har kuni ko’raverib, allaqachon so’nib qolgan bo’larmidi…
Orol va qit’a Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib yashashni o’rgansa, ko’p balolarning oldi olingan bo’lardi.
Baho Odam bolasi elektr simi emaski, birini musbat, birini manfiy desang…
Tosh va qum Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumning toshga aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi. Do’stlik ham shunga o’xshaydi.