3. Talab va taklif funksiyalari yordamida muvozanat narxni aniqlash.
Talab va taklif funksiya ko’rinishida ham berilishi mumkin. Aytaylik, bozorda tovarga bo’lgan talab va uning taklifi qd=400-p va qs=2p+100 funksiyalar ko’rinishida berilgan. Bu yerda, p — tovar narxi (so’mda); qD — tovarga bo’lgan talab miqdori (ming donada); qs — tovar taklifi miqdori (ming donada). Tovarning muvozanat narxini va muvozanat miqdorini toping.
VII. Darsni mustahkamlash
1 .Yechish qd= qs
400-p0=2p0+100;
400-100=2p0+p0; 3 p0=300 p0=100; q0=400-100; q0=300
Javob: Tovarning muvozanat narxi p0=100 so’m va muvozanat miqdori q0=300 ming donani tashkil etadi.
Mashqlar
2.Quyida berilgan talab va taklif jadvallari asosida tovarning bozor narxini aniqlang. Bozorda ushbu tovar narxi 1800 so’m qilib qat’iy belgilansa, qanday holat yuzaga keladi? 1000 so’m qilib belgilansachi?
Tovar narxi (p), so’mda
|
Tovarning taklifi miqdori (qs), tonnada
|
Tovar narxi (p), so’mda
|
Tovarning taklifi miqdori (qd), tonnada
|
2200
|
2000
|
2200
|
0
|
1800
|
1500
|
1800
|
500
|
1400
|
1000
|
1400
|
1000
|
1000
|
500
|
1000
|
1500
|
Agar davlat tomonidan tovarning narxi qat’iy 1800 so’m qilib belgilansa, u holda taklif miqdori 1500 tonna, talab miqdori 500 tonnani tashkil etadi. Natijada, taklif qilingan tovarning faqat 500 tonnasi sotib olinib, 1000 tonnasi ortib qoladi. Bozordagi bunday holatga toyingan bozor holati deb ataladi.
Agar davlat tomonidan tovarning narxi qat’iy 1000 so’m qilib belgilansa, u holda taklif qilingan 500 tonna tovarning hammasi xaridorlar tomonidan tezda sotib olinib, bozorda 1500 -500 = 1000 tonna tovarga taqchillik vujudga keladi. Bozordagi bunday holatga taqchil bozor holati deb ataladi.
3. Quyida berilgan talab va taklif jadvallari asosida talab va taklif chiziqlarining grafiklarini quring hamda tovarning bozor narxini aniqlang.
Tovar narxi (p), so’mda
|
Tovarning taklifi miqdori (qd), tonnada
|
Tovar narxi (p), so’mda
|
Tovarning taklifi miqdori (qs), tonnada
|
1000
|
600
|
1000
|
100
|
1500
|
500
|
1500
|
200
|
2000
|
400
|
2000
|
400
|
2500
|
300
|
2500
|
600
|
Bu holda tovarning bozor narxi, ya’ni muvozanat narxi 2000 so’mni, muvozanat miqdori esa 400 tonnani tashkil qiladi.
3. Bozorda tovarga bo’lgan talab: qD=-4p+800, taklif esa qs=p+100 funksiyalari bilan berilgan. Tovarning bozordagi muvozanat narxi va muvozanat miqdorini toping
1 .Yechish qd= qs
-4p0+800=p0+100; 800-100=p0+4p0 ;5 p0=700; p0=140;
q0=140+100; q0=240
Javob: Tovarning muvozanat narxi p0=140 birlik va muvozanat miqdori q0=240 birlik.
4.Talab va taklif funksiyalarini toping?
Tovar narxi (p), so’mda
|
Tovarning taklifi miqdori (qs), tonnada
|
Tovar narxi (p), so’mda
|
Tovarning taklifi miqdori (qd), tonnada
|
2200
|
2000
|
2200
|
0
|
1800
|
1500
|
1800
|
500
|
1400
|
1000
|
1400
|
1000
|
1000
|
500
|
1000
|
1500
|
p = - aq+b, (a>0, b≥0)
b=2200, 1800=-500*a+2200; 500a=2200;
a=0,8; p=-0,8q+2200. Javob: ; p=-0,8q+2200.
Taklif ba'zida p=aq + b, (a>0)
400=500a; a=0,8
2200=0,8*2000+b; b=600; p=0,8q+600. Javob: ; p=0,8q+600.
VIII. O`quvchilarning baholarini izohli e`lon qilish.
IX.Uyga vazifa. (101 bet 4-masala)
X. Darsni xulosalash: Demak darslikdagi va qo’shimcha adabiyotlardagi misol va masalalarni yechish uchun o’rganilgan amallarni yod bilish hamda ularni to’g’ri qo’llay bilish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. E.Sariqov, B.Haydarov. 8-sinfda Iqtisodiy bilim asoslari. Toshkent -2014.
2. E.Sariqov, B.Haydarov. 8-sinfda Iqtisodiy bilim asoslari. Toshkent -2010.
3. E.Sariqov, B.Haydarov, Q.Qambarov, Sh.Sariqova, L.Qodirova 8-sinfda Iqtisodiy bilim asoslarini o’qitish. Toshkent -2006.
4.www.tap.uz
5.www.uzedu.uz
6.www.ziyonet.uz
Dars ishlanma uchun annotatsiya
Taqdim etilayotgan ushbu dars ishlanma 8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanining 1 soatlik darsidan na’muna bo’lib, ushbu dars ishlanmasida 45 minutlik dars bosqichma-bosqich olib borilgan va 28 o’quvchidan 20 nafari baholanishiga mo’ljallangan. Dars jarayoni jihozlangan fan xonasida o’tiladi.
Ilg’or pedagogik texnologiya asosida “Kichik guruhlarda ishlash”, “Bahs-munzara’’, “Aqliy hujum” kabi usullarni qo’llab,yaxshi natija berishini o’z o’qituvchilik faoliytimda sinadim.
Talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg’ulotlar o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini kengaytiradi. Iqtisodiyotningning keyingi mavzularida qiynalmasdan qadam tashlashga imkon beradi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash ta’lim sifatini yanada oshiradi.
Ma’ruza darslarida mavzuga doir asosiy tushunchalarni to’laqonli etkaza bilish va misollar bilan boyitish, ayniqsa muhimdir. O’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma, malakalarni nazorat qilish dars samaradorligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |