Bolada kitob o`qishga ishtiyoqini shakllantirishda ota-ona kitob tanlashda quydagilarni inobatga olishi zarur:
kitobning bola yoshiga mos kelishi;
kitobni bolaning xarakteriga qarab tanlash;
kitobning bolaga o`zi qiziqadigan kasbni tanlashda turtki bo`lishi;
kitobning mazmuniga ahamiyat berishi;
kitobning qanday tilda yozilganligini e’tiborga olish.
Yuqorida ta`kkidlaganimizdek, bir qator tavsiyalar, pedagogik va psixologik jarayonlarda kechadi, buni har bir ota-ona kitob tanlashda e`tiborga olishi va ahamiyat berishi talab qilinadi. Bola yoshi ulg`aygan sari uning dunyoqarashi, o`qigan kitoblari va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanayotgan innovatsiyalari ta`sirida kengayib boradi. Kitob o`qishga qiziqtirishda ota-ona eng dastlabki fundament bo`lib, bolaga maktabgacha bo`lgan davrda, bolaning qiziqishlariga qarab kitobni o`qib berib unga mehr uyg`otsa, kitobning nima ekanligini, uning sir-sinoatlari haqida ma`lumot bersa, bolaning kitobga qiziqishi kenggayib kitob o`qishga ishtiyoqi shakllanib boradi. O`quvchining qiziqishini muntazam ravishda nazorat olib unga kitob o`qishga imkon yaratib berish, uni qo`llab quvvatlash orqali o`quvchida kitob o`qish ishtiyoqi yanada kuchayib, kitobxon o`quvchiga aylanib borishi shubhasiz. Kitobxonlik bilan muntazam shug`ullanib borish o`quvchida boshqa predmetlarni ham o`zlashtirishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Xullas, hozirgi zamonaviy texnalogiyalarning jadal rivojlanayotgan, bu davrida bola ongni qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash va rivojlantirish uchun albatta ularda kitobga bo`lgan mehrni yanada kuchaytirishimiz maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev SH.M. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. − Т.: «G’afur G’ulom», 2017.− 92 b.
2. Mirziyoyev SH.M. Кitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida. Хаlq so`zi, 2017 yil 14 sentiyabr. − № 184.
3. www.ziyonet.uz.
4. www.sadikov.uz .
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |