Kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishchora tadbirlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə15/21
tarix13.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#113000
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Kitobhonlik

15. Kasbiy konpetensiya - Har qanday soha mutaxassislariga xos bo’lgan kasbiy kompetentlilik esa – shaxs tomonidan o’z kasbiy faoliyatining samarali tashkil etilishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning
16. Dars – ta‘limning o’quvchilar tomonidan o’zlashtrilishi lozim bo’lgan bilim, shakllantirilishi zarur bo’lgan ko’nikma, malaka, dunyoqarash va axloqiy-estetik sifatlarni o’zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan shakli. Ta‘limning bunday shakli doimiy shug’ullanadigan o’quvchilar jamoasi uchun mo’ljallangan bo’lib sinf-dars tizimida qo’llaniladi. Dars maktabda o’quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli bo’lib, bir xil guruh yoki sinfdagi o’quvchilar bilan qat‘iy jadval asosida o’tkaziladi. Unda ta‘limiy-tarbiyaviy maqsadlar amalga oshiriladi.
17. Darsning maqsadiga ko’ra turlari quyidagicha:
1) mavzuni o’rganish, umumiy ma‘lumotlar bilan tanishish, yangi bilimlarni o’zlashtirish va olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash darsi;
2) o’tilgan mavzuni mustahkamlash darsi;
3) o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini tekshirishga qaratilgan nazorat darsi;
4) ikki yoki undan ortiq dars turlarining birga qo’llanilishidan yuzaga kelgan aralash dars.
18.Darslar tuzilmasini uning maqsadi va mazmuni belgilaydi. Har bir o’quv fani yuzasidan tashkil etiladigan darslar o’quv dasturiga mos tarzda o’tiladi. Dars davlat ta‘lim standarti va o’quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
19.O’qitish amaliyotida darsning shakliga ko’ra quyidagi turlari mavjud:
1.Darslik bilan ishlash. Yangi mavzu bir necha qismlarga bo’linadi. O’quvchi o’qituvchining matnga tayangan holda munosabat bildirishga yo’naltiruvchi savollariga javobni darslikka qayta-qayta murojaat qilgan holda topadi. Javoblar tahlil qilinib, baholanadi. Dars oxirida o’qituvchi mavzuni qisqacha umumlashtirib, yakunlaydi. Bu ish turi o’quvchilarni darslik va qo’shimcha manbalardan foydalanib, mustaqil bilim olishga o’rgatadi.
2.Va‟zxonlik darslari. Bunday darslar, asosan, yuqori sinflarda amalga oshirilib, o’qituvchi ma‘ruzasidan iborat bo’ladi. O’quvchilar ko’proq tinglovchiga aylanadilar. Va‘zxonlik darslarida o’qituvchi nutqining izchilligi va ravonliligi, aniq reja asosiga qurilish va ko’rgazmalilikka asoslanishi muhim sanaladi.
3.Mustaqil fikr yuritish darslari. O’quvchilarga yangi materialning ayrim qismlari beriladi. Berilgan voqea, hodisaning kelib chiqish sabablarini izlab topish o’quvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday darslar o’quvchilarni mustaqil tafakkur qilishga o’rgatadi, o’qituvchi material tanlashda uni qiziqarli va o’quvchilarning hissiy-intellektual ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan bo’lishi talab qilinadi.
4.Seminar darslari. Adabiyot darsliklaridagi katta mavzular, xususan, bir ruknga jamlangan mavzular to’liq o’tib bo’lingandan so’ng mavzular o’quvchilarga qayta bo’lib beriladi. O’qituvchi yordamida reja tuzilib, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati taqdim etiladi. Har bir o’quvchi o’z mavzusining mohiyatini ochib berganidan so’ng sinfdagi boshqa o’quvchilar so’zga chiqib mavzuni to’ldirishi mumkin bo’ladi. Dars oxirida har bir so’zga chiqqan, munosabat bildirgan, fikrlarni to’ldirgan ishtirokchilarning faoliyati

168
tahlil qilinadi, har biri haqida alohida fikr aytilib baholanadi. Seminar darslari o’quvchilarda mustaqil izlanish va javobgarlik hissini tarbiyalaydi.
5.Sinov darsi. Bu tipdagi saboqlar ikki turli bo’ladi. Sinov darslarining birinchi shaklida o’qituvchi yirik boblarni ma‘ruza tarzida o’tadi. O’quvchilarga materiallarni umumiy tarzda qamrab oluvchi savollar beradi. Keyingi soatlarda shu savollarga javob oladi. Darsning bu turi tarbiyalanuvchilarni barcha savollarga javob topish uchun izlanishga chorlaydi. Yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilar bilan qo’shimcha ishlash va past o’zlashtirganlarga yordam berish uchun sharoit yaratiladi. Sinov darslarining ikkinchi turi o’quv yili va chorak davomida o’tilgan materiallar mazmunidan kelib chiqqan holda savollar berish, yozma ishlar o’tkazish bilan farqlanadi. O’quvchilar tayyor bo’lgan paytlarida yoki ro’yxat asosida javob berishlari mumkin. Sinov darslari o’quvchilarning o’tilgan materiallarni to’liq bilishiga qaratiladi.
6.Muloqot darsi. Bunday darslarda sinf o’quvchilarini ikki guruhga bo’lib, yumaloq stol atrofida davra suhbati tashkil etiladi. Muloqot darslarida oldindan hech qanday vazifa berilmay, o’tilgan mavzularni qaytarib kelish topshiriladi. Darsda o’qituvchi har ikkala guruh a‘zolariga turli shakllarda vazifa beradi va javoblarga qarab ball qo’yadi. Ball qo’yishda 2 – 3 o’quvchidan ekspert sifatida foydalanishi ham mumkin. Ekspertlar dars davomida qo’yilayotgan ballarni umumlashtirib boradi hamda o’zlarining taklif-mulohazalarini aytadilar. Bunday dars usullari o’quvchilarni tashabbuskorlik, ijodkorlikka yo’naltiradi.
7.Muammoli dars. Darsda muammoli vaziyat vujudga keltiriladi. O’quvchilar muammo yechimini yakka holda yoki guruh bo’lib izlashlari mumkin. Dars davomida bir necha muammoli savollar o’rtaga tashlanadi va umumiy xulosa chiqariladi. Muammoli vaziyat o’quvchilarda aqliy izlanish ko’nikmalarini shakllantiradi.
8.Ko’rgazma darsi. Bunday darslarda o’quvchilar ilgaridan berilgan vazifalar bo’yicha albom, referat yoki o’zlari (internet orqali) tayyorlagan mahsulot, materiallaridan ko’rgazmalar tayyorlaydilar. Ko’rgazma materiallaridan foydalangan holda o’tilgan mavzu mazmuni yoritiladi. Ko’rgazma darsi o’quvchilarda o’z mehnatini

169
namoyish qilish, hikoya qila bilish, qarashlarini himoya qila olish va emotsional holatlarini boshqarish ko’nikmasini shakllantiradi.
9.Ma‟ruza darsi. O’qituvchi ma‘ruza tayyorlash uchun bir necha mavzuni o’quvchilarga taqsimlab beradi. Muhim o’rinlarni ko’chirma qilish, kerak joylarga ko’rgazmalar, kartochkalar tayyorlashni topshiradi. Tayyor bo’lgan o’quvchi o’z mavzusi yuzasidan ma‘ruza qiladi. Qolgan o’quvchilar ma‘ruzachiga savollar berishadi. Ma‘ruza darslarida o’quvchi hajmi katta materialni qisqa muddatda o’rganish, o’zlashtirish, bayon qilish va uni mustahkamlash ko’nikmasini egallab boradi.
13.Multimediya darslari. Bunday saboqlar asosan kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. O’quvchilar o’tilgan mavzuga doir materiallarni internet orqali topishlari ham mumkin. Yoki ma‘lum mavzu, timsollarning xarakteristikasi, asar qahramonlarining umumiy va farqli jihatlari bo’yicha jadvallar, sayohatnomalarning xaritalarini tuzishlari, ruknlarning modullarini yaratishlari mumkin va hk. Bunday mashg’ulotlar o’quvchilarning qiziqishlariga hamohang bo’lganidan ular topshiriqlarni sidqidildan bajaradilar.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin