Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix28.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#168416
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari

Maishiy kiyim
sinfi -
ekspluatatsiya haroitiga qarab, ust kiyimlar, yengil 
kiyimlar, ich kiyimlar, bosh kiyimlar, ko’rpa-yostiq buyumlariga bo’linadi. Buyum 
nimaga mo’ljallanganiga qarab har qaysi kichik klass gruppalarga bo’linadi:
Ust kiyim
- pal’to, kalta pal’to, kurtka va hokazo. 
1-rasm 


Yengil kiyim
- ko’ylaklar, bluzkalar, erkaklar ko’ylagi, yubka, fartuk va 
hokazo.
Ich kiyim
-pijamalar, ishtonlar, cho’milish kostyumlari va hokazo.
Bosh kiyim
-furajka, shapka, shlyapa va hakazo.
Ko’rpa-yostiq buyumlari
- ko’rpajilti, ko’rpa va hakazolar kiradi.
Jins va yosh alomatlariga binoan guruhlari kichik guruhlarga -erkaklar
ayollar va bolalar kiyimiga ajratiladi. Bolalar kiyimi o’z navbatida maktab 
yoshidagi bolalar, maktabgacha yoshdagi bolalar, yasli yoshidagi bolalar, 
chaqaloqlar kiyimlariga bo’linadi. Maishiy kiyimlar fasllarga qarab bo’linadi va 
qayerga kiyilishiga qarab kundalik kiyim, uy kiyim, tantanali kiyim va sport 
kiyimiga ajratiladi. 
Ishlab chiqarish kiyimlari klassifikatsiyasiga mahsus va rasmiy (forma) 
kiyimlar kiradi. Mahsus kiyimlar odamni zararli muhitdan muhofaza qiladi va 
kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam byeradi. Bular kurtkalar, kombyenzon 
va hokazolar. Forma kiyimlari tyemir yo’l ishchilari, harbiy, dyengiz xodimlari va 
boshqalar kiradi. 
Ommaviy kiyim tikishda razmyer, rost va to’lalik o’lchamlariga binoan 
tikiladi. Razmyer - ko’krak aylanasi. Rost-kiyim uzunligi. Kiyim razmyerlari 
quyidagicha: kattalar uchun - 44,46,48,50..60. o’smir bolalar uchun-44,46. Kattalar 
uchun-38,40,42. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun-32,34,36, maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun-26,30. Yasli yoshdagi bolalar uchun-24,26. 
Barcha razmyerlar uchun ko’krak aylanasi yarmi olinadi. Erkaklar 
ko’ylagining razmyerlari ko’krak aylanasining o’lchami namda bo’yin 
aylanasining o’lchami bilan aniqlanadi. Maishiy kiyimlar kattalar uchun to’lalik 
guruhlariga ajaratiladi: erkaklar uchun byel aylanasiga ko’ra, ayollar uchun buksa 
aylanasiga ko’ra 1, 2, 3 to’lalikda olinadi. 
Shimning old bo’lagi astar qo’yiladigan bo’lsa, astarning uchi mahsus 
mashinada yo’rmalanadi, bukib tikiladi. Chok joylashgan co’ntak chetlariga uka 
qo’yiladi. Agar cho’ntak qirqma bo’lsa, uka o’rniga cho’ntak xalta qo’yib tikiladi. 
Cho’ntak qopqog’iga to’rgan shakl byerish uchun unga yelimli qotirma qo’yiladi. 
chokda joylashgan yon cho’ntak uchini mahsus mashina yordamida puxtalanadi. 
Shimning yuqori chetiga mahsus tasma qo’yib 5,5-6 sm kyenglikdagi astar bilan 
qotirma qo’yib tikiladi. Ayollar va qiz bolalar ko’ylaklarining tashqi ko’rinishi, 
razmyeri va tikilishiga qo’yiladigan talablar qo’yidagicha bajariladi. choklarning 
ochiq qirqimlari mahsus mashinada yo’rmalanadi. Tikiladigan buyumning 
dyetallari mahsus mashinada 0,7-0,8 sm kyenglikda chok bilan tikib bir yo’li 
yo’rmalanadi. 
Yoqani yoqa o’miziga o’tkazishda bortni ag’darma chok bilan tikayotganda 
bir yo’la yoqa nam o’tkaziladi, ustki yoqani ort yoqa o’miziga bostirib tikiladi
yoqa ustki yoqani 1 sm uzunroq, (yoqa ko’tarma qirqma tomondan) chiqarib 
bichilganda, ostki yoqa bilan ustki yoqa birga yoqa o’miziga o’tkaziladi, kyeyin 
ustki yoqani ichkari tomon bukib, bostirib tikiladi. 
Ko’ylak ko’krak qismini yubkaga qo’sh baxya bilan yoqa bitta baxya qator 
yuritib, uka qo’yib ulanadi. 


Ommaviy tikish uchun qabul qilingan har bir yangi modyel uchun modyel 
namunasi, andoza etaloni, tyexnik tavsifi, andozalar va tayyor kiyim o’lchovlar 
jadvali tayyorlab byeriladi. Andoza etalonlari modyel namunasini tikishga, kiyim, 
dyetallarini chizmasini tayyorlashga ishlatiladi. Modyelning tyexnik tavsifida 
kiyimning tashqi ko’rinishi, tavsiya etiladigan razmyeri, rosti va to’laligi, 
dyetallarining klassifikatsiyasi avra, astar va hakazolar ko’rsatiladi. O’lchash 
jadvalida andoza va tayyor buyumning o’lchanadigan joylari, shu o’lchamlar 
qiymati ishlov haqi va tayyor buyumning o’lchanadigan joylari, shu o’lchamlar 
qiymati ishlov haqi va tayyor buyumning o’lchamlaridagi yo’l qo’yilishi mumkin 
bo’lgan og’ishlar ko’rsatiladi. Tyexnik hartlar kiyimlarni tikishdagi chok haqining 
kyengligi, solqi miqdorini, baxya yirikligini o’z ichiga oladi.
Kiyim tikishda 4 ta standart katyegoriyalari mavjud edi: Davlat standarti, 
tarmoq standarti, ryespublika standarti, kiyim standarti. Kiyim tikish jarayoni 3 
bosqichdan iborat: kiyim modyelini, konstruktsiyasini yaratish va andoza 
tayyorlash: gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish: buyumni tikish. Tyexnik 
xujjatlar har bir modyel uchun tavsiya etilgan matyerial, kiyim razmyeri, rosti, 
to’laligi, tikish tyexnologiyasi, andozalarni qay usulda joylashtirishi, kiyimlarni 
o’rash va joylash usullari ko’rsatilgan bo’ladi. Korxonaning ekspyeryemyental 
syexida andozalar va tikish tyexnologiyasi tyekshirib ko’riladi. Gazlamalarni 
qoldiqsiz bichish uchun nar bir to’p gazlama nisoblab chiqiladi. Gazlamalarning 
artikuliga, rangiga, eniga, fizik va myexanik xossalarini bir xilligiga qarab 
matyeriallarni ajratiladi. Har bir yangi modyelga mo’ljallangan matyeriallar uchun 
kiyimga sarflanadigan gazlama normasini aniqlash maqsadida, andozalar 
ekspyeryemyental yo’l bilan joylashtirib ko’riladi. Bichilgan dyetallarning sifatini 
tyekshirib, har bir dyetalga tartib nomyerini tikib, agar gazlama yo’l-yo’l yoqa 
katak bo’lsa, mayda dyetallarni yo’lini katta dyetal yo’liga moslab chiqiladi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin