Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus Xyum



Yüklə 2,68 Mb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü2,68 Mb.
#158349
1   2   3   4   5
Презентация (10)

D.Rikardo qiymat nazariyasiga alohida e’tibor bergan holda, undagi noaniqlarni tugatishga harakat qiladi. Bu muammoni ko’rib chiqishda u Smitning nazariyalarini o’rganib chiqadi. Mahsulotning narxi unga bo’lgan talab va taklifga bog’liq deb takidlagan Smitning fikrini Rikardo inkor etgan holda qiymat nazariyasi faqat mahsulotga sarlangan mehnat bilan aniqlanishi kerak deb ta’kidlaydi, chunki uning fikricha qiymat birlamchi, shuning uchun uni daromad bilan aniqlab bo’lmaydi. Bu fikr orqali Rikardo qiymatning mehnat nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatadi. Umuman Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi ushbu davrning yana bir buyuk va klassik iqtisodiy maktab tarixida o’chmas iz qoldirgan do’sti Maltus tomonidan ilk bor tanqid qilinadi. U birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini to’g’ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki qiymatdan past baho bo’yichami? Agar baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi) – bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning asosiy tamoyili.

Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi: agar qiymatning yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar kapital ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me‘yori deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi, deb xulosa qiladi. D.Rikardo ham o’limidan sal avval, o’zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o’lchanadi, deb tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan. D.Rikardoning bu fikri ushbu davrning ko’plab shaxslari tomonidan qo’llabquvvatlanishiga qaramay bu fikr oxir-oqibatda xato bo’lib chiqadi, lekin D.Rikardo tomonidan yaratilgan Renta nazariyasi nafaqat o’z davrida balki hozirgi davrda ham foydalanilyapti. D.Rikardoning renta to’g’risidagi konsepsiyasi bugungi kunda ham o’z faolligi bilan ajralib turadi. Yerdan foydalanganlik uchun hamisha renta to’lanadi, bunda uning manbayi, D.Rikardoning tasdiqlashicha, yerga sarflangan mehnat hisoblanadi.


Yüklə 2,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin