Klassik iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi



Yüklə 75,59 Kb.
səhifə3/9
tarix05.05.2023
ölçüsü75,59 Kb.
#107965
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo\'lishining tarixiy shart-sharoi

Qiymat nazariyasi. U.Pettining merkantilistlar g‘oyasiga bo‘lgan salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko'paytirish yo‘llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi omillami aniqlashda ham o‘z ta’sirini ko'rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi, deb tan olinishiga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat
nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
U.Petti nazariyaiarining birida aytilishicha, tovar qiymati kwnush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ulaming «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o‘zi aytganidek, «Remaning yoki karnzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi - kema ham, karnzul ham - yer va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko‘rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi.
Daromadlar nazariyasi. Ishchiiaming daromadlari, pul kapitali va yer egalarining daromadlari to‘g‘risida U.Petti aytib o‘tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi, deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ко ‘payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo'ldi: agar ishchiga ko‘rsatilgan
minimumdan ikki baravar ko‘p haq to‘1 ansa, u chog‘da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to‘g‘risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko‘pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo'lgan vositalar minimumi bilan bog‘lab tushuntirganlar.
Tadbirkorlar va yer egalari daromadlari U.Petti o‘zi umum- lashtirgan tushuncha - “renta” sifatida tavsiflanadi. U masalan, dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farqni renta, deb atagan (ya’ni tuproq unumdorligiga bogMiq boMgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda foizining kelib chiqish mohiyatini ko'rib chiqqach, U.Petti soddalashtirib, bu ko'rsatkich “ssudaga beriiadigan pulga sotib olinishi mumkin boMgan muayyan yer maydonidan olinadigan rentaga teng”, deb atadi.
Yana bir joyda yer uchastkasining bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko'rsatib beriladi. Aholi yashash joylariga yaqin joylashgan yer uchastkalaridan nafaqat yuqori renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday unumdor, Iekin aholi turar joylaridan ancha uzoq boMgan yerlarga nisbatan ko‘p boMadi.
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bogMiq boMgan muammoni yechib berishga uringan. Lekin bu yerda ham olim mazkur muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yeming bahosi bir yillik muayyan miqdordagi rentaga teng boMishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera oimadi, ya’ni yeming bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‘paytirish mumkin boMgan sonni topa oimadi.
Shu bilan birga uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o'rtasidagi o‘zaro bogMiqlik g'oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o‘tadi. MaMum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetming iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi mumkin boMgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin boMgan pul summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer egasi o‘z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‘sha summadan ko‘pini ham ololmaydi, negaki bunday summani toMashga rozi boMgan kapitalistga birdaniga juda ko‘p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan, biroq oMimidan so‘ng 10 yil davomida qolgan 4 ta kitobi ham nashr etilgan. Bu kitoblar ko'proq traktatlar boMib, izchil tuzilmaga rioya
107
qilinmagan edi. Petti to‘quvchilar oilasida tug'ilgan bo' lib, kambag‘allikni boshidan kechirgan yorqin olim edi, u 15 yoshigacha navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, fransuz tillarini o‘rganib bo‘lgan edi. Uilyam Petti dengizchi, fizik, kashfiyotchi va eng muhimi iqtisodiy o‘zgaruvchanlik o‘lchovi mavzusini yoqlagan birinchi iqtisodchi sifatida faoliyat ko‘rsatib, hayoti so‘nggida nihoyatda boyib ketgan. Uning iqtisodiy qaydlari umumiy traktatlar emas edi, ular Uilyamning amaliy qiziqishlari natijasi edi, jumladan ular soliq siyosati, pul va o‘lchov masalalariga bag‘ishlangan edi.
Pettining Siyosiy Arifmetikasi 1676-yilda yozilgan bo‘lsa- da, 1690 -yilga qadar chop etiimagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.
Buni amalga oshirish uchun biroz noan 'anaviy usuldan foydalanaman. Nisbiy va absolyut so ‘zlarni, intellektual ta 'kidlarni ishlatishdan ко ‘ra men... son, og’irlikva o'lchovlar orqali tushuntiraman, sezgilarga ta'sir qiluvchi ta kidlarnigina ishlatish va faqat shunday sabablarni о 'rganish tabiiy asoslarga ega1.
U hayoti davomidagi va undan oldingi falsafiy o‘zgarishlardan chuqur ta’sirlangan. Aristotel va sxolastlar o‘z tahliliarini faqatgina so‘z orqali ifoda etardilar, lekin Dekart, Gobbs va Bekonlar ilmiy fanga induksiya, empiritsizm va matematikani olib kirdilar.
U. Petty ijtimoiy voqealami o‘lchashda statistik usullarni qo‘lIashni ochiqchasiga ma’qullagan birinchi olim bo‘lgan bo‘lsa kerak. U aholi sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy jamg‘arilgan kapitalini o‘lchashga harakat qilgan. Uning usiubi haddan tashqari xom bo‘iib, Adam Smitning siyosiy arifmetikadan kam foydalanganligini ko‘rsatar edi.

  1. U. Petti o‘z tahlili va siyosiy xuiosalaridan oddiy merkantilist bo‘iib ko‘rinsa ham, keyinchalik uning xulosalari iqtisodiy nazariya va ijtimoiy faniaming shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Pyer Buagaberning iqtisodiy ta’limoti

Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Pyer Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bo‘lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o‘xshab huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 yoshida Normandiyada sudyalik lavozimini egailadi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat o‘limidan ikki oy oldin bu lavozimni Icatta o‘g‘!iga topshirib ketdi.
Jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P. Buagilberda mamlakatning iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asming oxiri, XVIII asming boshidagi Fransiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga bo‘lgan qiziqish uyg‘otdi. U o‘zining birinchi islohotlar to‘g‘risidagi mulohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 yoshida yozgan «Fransiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida e’lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi. Bu siyosatning boshida o‘sha davrdagi Lyudovik XIV qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Fransiya tovarlari eksportini rag‘batlantirishni, Fransiyaga
keladigan import tovarlami esa cheklashni, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Iqtisodiyotdagi salbiy holatlami bartaraf etish yo‘llarini aniqlash P.Buagilbeming keyingi, xvill asming boshida chop etilgan asarlarining
P’cr Buagilber (1646-1714) re о
ham asosiy vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o‘sishning va davlat boyligining asosi, deb bilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor qaratdi. Bunday qarash Fransiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asming yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o‘sha davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi mavqeyini targ‘ibot qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi.
1707-yili P.Buagilbeming «Fransiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Fransiyaning kambag'allik holati ko‘rsatildi, merkantilistik siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar 0‘tkazish to‘g‘risida yangi g‘oyalar ilgari surildi. Biroq ular o‘zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e’tiborga olinmadi, qo‘llab-quvvatlanmadi.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Fransiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilbeming hissasi katta boMdi. Aynan uning asarlari merkantilistik g‘oyaIarning batamom obro'sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. U Pettidan farqli
o‘laroq, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi.

Yüklə 75,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin