Klassik maktabga muqobil (alternativ) ta'limotlar


K.Rodbertusning iqtisodiy g'oyalari



Yüklə 14,84 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü14,84 Kb.
#182374
1   2   3
Klassik maktabga muqobil (alternativ) ta\'limotlar

K.Rodbertusning iqtisodiy g'oyalari

  • Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805 yilda tug'ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo'yicha ma'lum vaqt ishladi. Burjua demokratik revolyusiyasi yillarida parlament a'zosi, keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. K.Rodbertus Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta'limoti vakili bo'lib, Sen-Simon va sosialist-rikardochilar g'oyalari ta'sirida edi.
  • 1842 yilda K.Rodbertus «Davlat-xo'jalik tizimimizni bilish yo'lida» deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sosial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo'shimcha qiymat nazariyasini ko'rsatib o'tdi. U o'z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo'lsa, ishchining yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko'pgina iste'mol buyumlarini yaratishi mumkindir.
  • Bu chegirtma erga xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan mehnatsiz o'zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli erga xususiy mulkchilik va kapitaldir» (K.Rodbertus «K poznaniyu nashego gosudarstvenno-xozyaystvennogo stroya. Pyat teorem». M.,1935, str.115). K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha xulosalarlariga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta'limotlar bilan yaqindan tanish va bu ta'limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
  • Shuningdek, olim o'z xatlarining birida qo'shimcha qiymat va uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko'rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o'zining qo'shimcha qiymat nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o'g'irlab» o'ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo'ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta'limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o'ziga ham ma'lum edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sosialistlari bu masalani yana qayta ko'tardilar.
  • Ularning asosiy maqsadlari Marks ta'limotini kuchsizlantirish va uning ta'sir doirasini kamaytirish edi. O'z davrida F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat nazariyasidan so'lrikardochilar sosialistik qisqacha xulosalarlar uchun K.Rodbertusdan oldinroq ko'rsatib foydalanganliklarini aytdi. Shuningdek u K.Rodbertus qo'shimcha qiymatning foyda va er rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o'rtasida qo'shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to'liq tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko'rsatib o'tdi.
  • Haqiqatdan ham foyda va er rentasini ishchilarga haq to'lamaslik samarasi deb hisoblash, bu hali qo'shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini yaratish degan gap emas edi. Ingliz sosialist-rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar (biz bu haqda keyingi boblarda to'xtalib o'tamiz).
  • K.Rodbertusning iqtisodiy g'oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy asaridan tashqari, katta tomni tashkil etgan to'rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgandir. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda ko'rinishda tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mehnat harajatlari bilan aniqlanib, bu o'rinda bir xil mehnat harajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat'i nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb ko'rsatiladi.
  • K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o'lchovi sifatida oltin va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o'zgarmas o'lchov deb hisoblaydi. Bu o'rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo'jaligi sharoitida pulning zaruriyatini to'g'ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o'zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari Yo'l qo'ygan xatolarni takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch bosqichdan iborat bo'ladi.

Yüklə 14,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin