Klaviaturadagi tugmalar vazifasi Foydalanuvchi tomonidan kompyuterga axborot kiritish uchun mo'ljallangan. Albatta, modeliga qarab tugmalarining soni va joylashishi klaviaturalarda farqlanishi mumkin. Lekin bir xil tugmalarining vazifasi har xil klaviaturalarda bir biriga mos keladi. Klaviaturaning asosiy tugmalari va ularning vazifalari bilan batafsil tanishib chiqamiz:
1. F1 – Windows bilan ishlash uchun yordam olish klavishasi (ish stolida turgan holatda). Buning afzalligi shundaki bu klavisha orqali istalgan dasturning yordam bo'limiga o'tish mumkin; 2. F2 – biror fayl yoki hujjatning ustiga sichqonchani bir marta bosib so’ng bu klavishani bossangiz shu fayl yoki hujjatni nomini o’zgartirish uchun tahrirlash ochiladi; 3. F5 – bu klavisha orqali siz Windows dagi Refreshni klavisha orqali bosishingiz mumkin (Refresh ning ma’nosi shuki u protsessor uchun foydalanuvchi men hech qanday amal bajarmayabman degan signalni yuboradi); 4. CTRL+ESC va “Windows Logo” – bu klavishalar Windows ning pusk (Start) tugmasini ochish uchun ishlatiladi; 5. ALT+TAB – dasturlardan dasturlarga o’tish klavishalari; 6. ALT+F4 – dasturdan chiqish yoki yopish; 7. SHIFT+DELETE – biror fayl va hujjatni xotiradan butunlay o’chirib tashlash; 8. Windows Logo+L – Windows dagi foydalanuvchini blok holatiga o’tkazish (ya’ni parol o’rnatilgan bo’lsa shu holatga yoki oddiygina bitta tugma orqali kirish muhitiga o’tkazish); 9. CTRL+C – bu klavishalar biron fayl yoki hujjatni nusxalash uchun ishlatiladi; 10. CTRL+X – bu klavishalar esa asl fayl yoki hujjatning o’zini buferga ko’chirish uchun ishlatiladi; 11. CTRL+V – nusxalangan yoki buferga ko’chirilgan fayl yoki hujjatni o’zimiz tanlagan joyga qo’yish vazifasini bajaradi; 12. CTRL+Z – qandaydir bajarilgan ishni orqaga qaytarish uchun ishlatiladi (bu amalga oshmaydigan holatlar mavjud); 13. SHIFT+F10 – bu orqali siz bir necha belgilangan fayllarni nima qilish uchun amallar oynasi ochilish imkonini beradi; 14. CTRL+SHIFT+ESC – bu orqali biz “Диспечерзадач” ni ochishimiz mumkin (WINDOWS 7, 8, 8.1, 10 da biroz o’zgarish mavjud); 15. CTRL+A – biz turgan joydagi hamma fayl yoki hujjatlarni birdan belgilash imkoniyatini beradi; 16. CTRL+Z – bajarilgan qandaydir amalni bitta orqaga qaytarish (asosan word hujjatlarda); 17. CTRL+Y – bajarilgan qandaydir amalni bitta oldinga o’tkazish (asosan word hujjatlarda); 18. CTRL+ALT+PRINT SCREEN (PrtSc) – bu klavishalarning vazifasi biror biz ishlab turgan dasturning o’zinigina rasmga olish imkonini beradi; 19. Windows Logo+PRINT SCREEN (PrtSc) – buni esa butun oynani rasmga olish uchun ishlatiladi; 20. Windows Logo+R – bajaruvchi oynani “Выполнить” ni ochish imkonini beradi; 21. Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini masalalar paneliga tushiradi; 22. SHIFT+Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini bizga qayta ochib beradi; 23. Windows Logo+D — hamma ishlab turgan dastur oynalarini masalalar paneliga tushiradi va hamma ishlab turgan dastur oynalarini bizga qayta ochib beradi; 24. Windows Logo+E – “Этоткомпьютер” ni bizga ochib beradi; 25. Windows Logo+Break – biz o’rnatgan operatsion tizim va kompyuterning asosiy harakteristikalarini ko’rsatib beradi;
[ESC] – tugma -aynan bajarilayotgan harakatlarni to'xtatadi;
[F1]…[F12] – funksional tugma, dasturchi (foydalanuvchi) mo'ljaliga ko'ra dasturlanadi.
[PrScr] (PRINT SCREEN) – bu tugmadan foydalanib ekrandagi tasvirni to'laligicha bosmaga chiqarish mumkin.
[SCROLL LOCK] – vaqtincha to'xtatish.
[BREAK] – bu tugmadan faqat [CTRL] tugmasi bilan hamkorlikda qo'llaniladi. [CTRL – BREAK] tugmalarini bir vaqtda bosish bajarilayotgan buyruq yoki dasturni tugallashni bildiradi.
[CAPS LOCK] – bosh harflarni foydalanishni belgilab qo'yish uchun. [CAPS LOCK] ni bosilganda klaviaturaning o'ng tepa qismida joylashgan xabar chiroqchasi yonib qoladi. [CAPS LOCK] tugmani qayta bosish bosh harflardan foydalanishni bekor qiladi.
Ba'zan [CAPS LOCK] bu tugmani boshqa maqsadlar, misol uchun, rus alfavitiga o'tish uchun ishlatiladi.
[Shift] – klaviaturaning yuqorigi registrida joylashgan bosh harflar va boshqa simvollarni kiritish uchun qo'llanadi. Masalan, «d» kichik harfini kiritish uchun, «D» tasvirlangan tugmani bosish kerak, agar «D» bosh harfini kiritmoqchi bo'lsangiz [Shift] ni bosib, qo'yib yubormay turib «D» tugmasini bosasiz.
[CTRL] – o'z holicha ishlamaydi, klaviatura imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo'llaniladi.
[ALT] – bu tugma ham analogik holatda ishlaydi. [CTRL] va [ALT] tugmalarini Windows 98 da qo'llanishini biz amaliy mashg'ulotlarda ko'rib o'tamiz.
[Backspace] ([Enter] tugmasi tepasida chapga strelka) – kursordan chapda joylashgan simvollarni yo'qotish uchun.
[Enter] – «kiritish» tugmasi
[Ins] – simvollarni qo'yish va o'zgartirish uchun qo'llanadi. (simvollarni o'chirmasdan almashtiradi).
[Del] – tugmasi ustida kursor joylashgan simvollarni yo'qotish uchun qo'llanadi.
[Home] – kursorni chap va qator boshiga qo'yish uchun ishlatiladi.
[End] – kursorni o'ng va ekranni pastki burchagiga o'tkazadi.
[PgUp] – betlarni tepaga o'tkazishga, to'g'ri yo'nalishda varaqlash uchun.
[PgDn] – betlarni pastga varaqlash uchun.
- bu tugma kursorni boshqarishga mo'ljallangan, kursorni kerakli yo'nalishi tanlab bosilsa shu yo'nalishda harakatlanadi.
[Space] – bu tugma klaviaturaning pastki qismida joylashgan bo'lib, [Alt] tugmalari oralig'ida, bo'sh joy (probel) qoldirish deb ataladi.