Klaviatura bilan ishlash ko’nikmasini xosil qilish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/5
tarix09.01.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#78804
1   2   3   4   5
Klaviatura va sichqoncha

Sichqoncha

Sichqoncha—alohida turdagi manipulyator bo‘lib, katta kategoriyadagi kompyuter dasturlari bilan ishlashni, ba’zi klavishlarni (masalan, kursorni ko‘chirish klavishini) unumsiz ko‘p qayta bosishni yo‘qqa chiqarib, optimallashtirish imkonini beradi. Sichqoncha o‘z nomini shakli va ish tamoyili tufayli olgan: u kaftga oson ko‘chadi. Shaxsiy kompyuter bilan u ulanadigan kabel esa ilk konsturktorlarga sichqoncha dumini eslatgan bo‘lsa, ehtimol. Puhta o‘ylangan konstruksiyasi tufayli sichqoncha SHK foydalanuvchilarining grafik muharrirlar dasturiy paketlari, avtomatik loyixalash tizimlari, elektron jadvallarni boshqarish, stol usti nashr tizimlarini boshqarishda bebaho vositaga aylandi .


S ichqonchalar o‘zlarining ajratish qobiliyatlari, yani qabul qiluvchi mexanizmlar talqin eta olishi mumkin bo‘lgan eng kichik ko‘chishi bo‘yicha farqlanadi. Ajratish qobiliyati odatda bir dyum ga to‘g‘ri keladigan nuqtalar soni (200, 400, 600, 900) bilan ko‘rsatiladi . Sichqonchalarning turli tiplarining soni yetarlicha katta. Bo‘linish sichqonchaning ko‘chish haqida axborot olish bosqichidayoq boshlanadi va bu qanday amalga oshirilishiga bog‘liq ravishda, sichqonchalar mexanik, optik-mexanik va optik toifalarga bo‘linadi. Ma’lumotlarni kompyuterga uzatish usuli bo‘yicha sichqonchalar liniyali va liniyasiz turlarga ajratiladi. Biroq uzatish usuliga bog‘liq bo‘lmagan holda sichqonchaning o‘zi (yoki liniyasiz texnologiya ishlatilganda biror oraliq qurilma ) kompyuterga ulangan bo‘lishi lozim. Sichqoncha 4 usul bilan kengaytma plata, standart ketma-ketli port, PS/2 usulidagi sichqoncha porti shaklidagi maxsus adapter yoki USB shinasi ulagichiga ulanadi. Soto-sichqonchalar deb ataladigan va PS/2 ulagichiga ham, ketma-ket portga ham (maxsus o‘tkazgich yordamida ) ulanishi mumkin bo‘lgan sichqonchalar ham mavjud. Ilgari sichqonchalar tugmalarining soni bo‘yicha ham tasniflanar edi, lekin agar dasturiy ta’minot faqat bitta tugmani ishlatishi mumkin bo‘lsa (masalan, Windows 3.x uchun ko‘pchilik dasturlarda shunday edi ), bu unchalik munim ko‘rsatkich emas. Bundan muhimrog‘i sichqonchalarni yaqinda paydo bo‘lgan odatdagi va “skrollovchi” (hujjatlarni o‘tkazish va boshqa o‘ziga xos vazifalarni bajarishi uchun maxsus tugmalarga yoki ularning almashtiruvchilariga ega bo‘lgan) sichqonchalarga bo‘lishdir. Ehtimol, odatdagi, ”an’anaviy ” sichqonchalar tezda yo‘q bo‘lib ketsa kerak, ularni “yangi shakldagi ” sichqonchalarga qaraganda ancha kamroq xarid qilishmoqda .
Yo‘qorida aytilganidek, mazkur holda sichqonchalarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:mexanik, optik-mexanik, optik,shu bilan birga eng keyingi guruhning 2 ta qismiy toifasi mavjud. Bu atamalarning mohiyatida nimada? Xozirgi vaqtda mexanik sichqonlar o‘tmish xotira bo‘lib qoldi.
Mexanik sichqonchalarning ish usuli eng soddadir. Sichqonchaning ichki “g‘ildiraklarida o‘tkazuvchi belgilar bor”. G‘ildiraklarga o‘tkazuvchi qoshlar birikadi. Sichqonchaning sharchasi yordamida g‘ildiraklarning aylanishi jarayonida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi kursorning harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash imkonini beradi. Ko‘rib turganingizdek, bu usul mexanik pianinoda metal plastinkalarni ishlash bilan nimasidir o‘xshash. Mexanik sichqonchalar kirlanishi sababli boshqalarga qaraganda tez ishdan chiqadi, ular taraqqiyotning quyi bosqichida edi deb aytsa bo‘ladi. Hozirgi vaqtda tarqalgan sichqonchalarning ko‘pchiligi optik-mexanik sinfga oiddir. Amaliyotning ko‘rsatishicha, bunday arxitektura kursorning yetarlicha aniq pozitsiyalanishi, ishonchli va juda arzon narxini (5-10 $) belgilab beradi .
O ptomexanik sichqonchaning ish tamoyili juda oddiy: rezina qoplamali og‘irlashtirilgan sharga yassi sirt bo‘ylab sirpanadi va ikkinchisiga perpendikulyar joylashgan valchani aylantirib, koordinatalar tizimida harakatni vujudga keltiradi (vertikal va gorizontal bo‘yicha ) .
Boshqacha aytganda, bu kombinatsiya bir yog‘och g‘ildirakli (spitsali -kegayli) aravaning o‘qini eslatadi. Bu g‘ildirak svetodiod va priyomnik –fototranzistor orasida aylanadi. Yorug‘lik nuri turli tezlik bilan aylanayotgan gi’ldirakning kegaylari orqali o‘tadi. Elektron signallarga aylantirilgan yorug‘lik impulslari (“yorug‘lik”/”qorong‘ulik” almashinuvi) kursorning ekranda ko‘chish tezligi va vaziyatini aniqlash imkonini beradi. Sichqonchani tozalashda ko‘pchilik valchalardagi va rezina sharchaning o‘zidagi changlarni tozalash bilan cheklanadi. Ko‘pchilik hollarda bu yetarli, biroq yetish qiyin bo‘lgan joylarda chang to‘planishi kursorning monitor ekranida tushuntirish qiyin bo‘lgan harakat qilishiga imkon beradi. Bu holatda sichqonchani to‘la ochishga jazm qilish mumkin.
Optik sichqonchalar harakatlanuvchi qismlardan mutlaqo holidir. Fotodatchiklar sichqoncha korpusining bevosita pastki sirtida joylashgan. Bunday sichqonchalar bilan ishlashda qora va qizil chiziqlar bilan katakchalarga bo‘lingan maxsus gilamcha ishlatiladi. Mazkur holda apparatura o‘qlarning aylanishi natijasida hosil bo‘lgan yorug‘lik impulslarini emas, balki har rangdagi kesib o‘tilgan chiziqlarni sanaydi. Optik sichqonchalar juda ishonchli (harakatlanuvchi qismalari yo‘qligi sababli). Biroq ularning kamchiligi ham bor: istalgan sirtda surila oladigan optik mexanik sichqonchaga qaraganda gilamchaga ko‘proq joy kerak.
Yangi qismiy toifaga Microsoft ning yangi ishlanmasi Intellimouse Explorer mansubdir. Odatdagi optik sichqonchalardan farqli o‘laroq, bunga gilamcha kerak emas. Unga 18 MIPS quvvatli raqamli signal protsessori o‘rnatilgan (qachonlardir bu quvvat EHM uchun yetarli edi), uning ishi optik sensordan kelayotgan rasmlarni real vaqtda solishtirishdir. Solishtirish asosida bir sekundiga 1500 tagacha rasm taqqoslanishi mumkin bo‘lib, bu juda yo‘qori aniqlikni ta’minlaydi.


Sichqonchani ulash .
Sichqonchani kompyuterga uch usul bilan ulash mumkin :

  • ketme-ket interfeys orqali;

  • tizim platasidagi sichqonchaning maxsus porti orqali ;

  • shina platasining interfeysi orqali ;

  • USB interfeysi orqali.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin