• glyukokortikosteroidlar ta'siri natijasida yuzaga kelgan, aplastik
anemiyalar
• og‘ir septik xolatlar;
Leykotsitar formula xisoblanganda faqatgina miqdoriy siljishiga
emas, shaklli elementlaming sifatiy o‘zgarishlariga xam e'tibor berish
kerak.
Boshqa xujayra elementlaridan ahamiyatga ega:
plazmotsit (plasmocytus)
- immunoglobulin ishlab chiqaruvchi,
limfoid to‘qima xujayrasi. G‘ildiraksimon shaklli yadro va keskin
bazofil vakuolizirlangan sitoplazmaga ega.
Sog‘lom odamda plazmotsitlar, suyak ko‘migi va limfatik
to‘qimalarda, kamroq - periferik qonda bo‘ladi.
Qonda turli infeksion va yallig‘lanish jarayonlarida, virusli
infeksiyalarda (qizamiq, skarlatina, qizilcha, qoqshol, virusli gepatit,
adenovirus infeksiya, infeksion mononukleoz), o ‘smalarda, zardob
kasalligi, kollagenozlarda,nurlanishdan keyin oz miqdorda (0,5-3 %)
ortadi.
LE- xujayra fenomeni quyidagilardan iborat: gematoksilin
tanachalari, «rozetkalar» va LE- xujayralari. Yuqoridagilardan eng
ahamiyatga moyili LE- xujayralarini topilishi xisoblanadi.
LE - xujayra (qizil yugurik xujayralari, Xargreyvs xujayralari) -
yetilgan granulotsitlar bo‘lib, yadrosi boshqa xujayraning fagotsitlangan
yadroli moddasi biian, periferiyaga siqilgan. Quyidagi xolatlarda
kuzatiladi:
• sistemali qizil yugurikda (80 % kasallarda);
• revmatoid artritda;
• o ‘tkir gepatitda;
• sklerodermiya;
• dorivor moddalarga (talvasaga qarshi preparatlar, prokainamid,
metildopa qabul qilganda).
Dostları ilə paylaş: