Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Trombotsitlar vazifalari
• trombotsitlaradgeziya va agregatsiyasi xisobiga, tezlik bilan 
gemostazni ishga tushirish, bu trombotsitar tiqinlar xosil bo‘lishiga olib 
keladi;
• zararlangan soxaga qon kelishini kamaytiradigan, maxalliy 
vazokonstriktorlarni ajratadi;
• ivishning 
gumoral 
sistema 
kataliz 
reaksiyalari, 
oxirgi 
bosqichlarda fibrin laxtalari xosil bo‘lishi bilan;
• maxalliy yallig'lanish reaksiyalari va immunitetni boshqarish.
Stimullanmagan 
trombotsitlar 
silliq 
diskoid 
xujayralar
ko‘rinishida( ozgina metabolik faollikka ega) sirkulyasiya qiladi. 
Bunday trombotsitlar qonning boshqa shaklli elementlari yoki endoteliy 
xujayralari monoqavati bilan o‘zaro axamiyatli ta'sirlashmaydi.
Trombctsitlaming fizioiogik faolligi, qachon tomir endoteliysi 
shikastlansa va subendotelial xujayra ichi matriksi yo‘qolganda 
boshlanadi. Trombotsitar membranada qo‘zg‘alish to‘lqinlari yuzaga 
keladi va katta miqdorda,kalta, ipsimon psevdopodiy yoki filopodiylar 
shakllanadi. 
Ushbu jarayon natijasida membrana yuzasi satxi 
kattalashadi, bu esa gumoral sistema kataliz reaksiyalari uchun muxim.
Megakariotsitlar a-granulalarda ivish omillari V, VIII, XIII va 
fibrinogenni sintezlaydi va depolaydi, ular trombotsitlar follashganda 
mikromuxitga ajralib chiqadi. Trombotsitar membranalar qon ivishining 
spetsifik reaksiyalarida xam ma'lum darajada ishtirok etadi.
Trombotsitlarni xisoblash usullari
Trombotsitlami xisoblashni eng ko‘p tarqalgan usuli - Fonio usuli 
(surtma tayyorlanib, Romanovskiy - Gimza usulida bo‘yaladi; 1000 
eritrotsit sanalganda uchragan, trombotsitlar miqdori xisoblanadi).
36


Trombotsitlarni Goryaev kamerasida xisoblash usuli xam mavjud: 
qon 1% li ammoniy oksalat, yoki 5-7% li trilona В (qon ivishini va qon 
plastinkalari agglyutinatsiyasini oldini olish maqsadida) eritmasi bilan 
aralashtiriladi, kamera to‘ldiriladi va trombotsitlar odatdagidek 
xisoblanadi. Trombotsitlarni 
lyuminessent mikroskop yordamida 
xisoblash kam qo‘llaniladi.
Xozirgi kunda trombotsitlarni elektron-avtomatik xisoblagichlarda 
sanash ishochli usul xisoblanadi (laborator taxlillarni tasdiqlash uchun
periferik qon taxlilini tekshirish zarur).

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin