Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Kimyoviy tekshirish
Peshob reaksiyasi neytral yoki kuchsiz kislotali (rN 5,0-7,0)
Peshobning nordon reksiyasi kuzatiladi (rN < 5,0):
• fiziologik xolatlarda (ko‘p go‘shtli maxsulot iste'mol qilganda);
• respirator va metabolik atsidozda (diabetik koma, yurak 
yetishmovchiligi, O lBe);
• o ‘tkir nefritda;
• podagrada;
Buyrak silida;
• gipokaliemiyada (ionli muvozanatni saqlash uchun, N+ 
ionlarining sekretsiyasi ortadi);
askorbin kislotasi, kortikotropin, ammoniy xlorid ta'sirida
Peshobning ishqoriy reaksyasi kuzatiladi (rN > 7,0):
• sabzavotli dietada;
• metabolik va respirator alkalozda (,ko‘p nordon qusgandan 
keyin, oshqozon shirasi kislotaligi ortganda, shishilar so‘rilayotgan 
vaqtda);
• siydik yo‘llaridagi faol yallig‘lanish jarayonlari;
• giperkaliemiyada;
• surunkali buyrak yetishmovchiligida;
natriy sitrat, bikarbonatlar, adrenalin, aldosteron ta'sirida.
50


Peshob reaksiyasining kilotali yoki ishqoriy tomonga turg‘un 
siljishi yomon oqibatli patogenetik faktor xisoblanadi. Peshobni 
kimyoviy, mikroskopik va bakteriologik tekshirganda va bemorga 
diuretiklar va antibakterial preparatlar tayinlanganda peshob reaksiyasini 
inobatga olish zarur.
Peshob reaksiyasi (rN) organizmda katabolik jarayonlar vaqtida 
xosil bo‘ladigan, organik va noorganik kislotalar dissotsiatsiyasi 
natijasida yuzaga keladigan erkin vodorod ionlari N+ miqdoriga bog‘liq.
N+ ionlari buyrak kanalining distal qismi orqali chiqariladi, u 
yerda asosan bufer asoslar bilan bog‘lanadi va oz qismi siydik orqali 
erkin xolda ajraladi.
Aniqlash usullari
Peshob reaksiyasini indikator qog‘oz yordamida aniqlash
rN 5,0-8,0 intervalini o ‘lchay oladigan, turli xil indikator qog‘ozni 
qo‘llash mumkin( universal indikator, nitrazin sarig‘i, Biofan-3,Albufan, 
Tetrafan).
Peshob reaksiyasini yangi ajratilgan peshobda, siygan zaxoti 
aniqlaniladi, chunki turib qolsa ishqoriylashadi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin