Klinik maqsadlarda eritrotsitlar morfologiyasini Romanovskiy -
Gimza usulida bo‘yalgan preparatda tekshirish qulayroq.
Qon preparatlarini texnik tayyorlash
va ulami Romanovskiy -
Gimza usulida bo‘yash leykotsitlar morfologiyasi bo‘limida keltirilgan.
Bunday xolatda yaxshi tayyorlangan surtma va yaxshi bo‘yash,
morfologik xususiyatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun zarur sharoit
xisoblanadi.
Anizotsitoz -
bir xil vaqtda, turli xil o ‘lchamdagi eritrotsitlaming
aniqlanilishi. Sog‘lom odamda eritrotsit diametri 6-8 mkm ga teng.
Turli xarakterli anemiyalarda eritrotsitlar o‘lchami o ‘zgarishi mumkin.
Mikrotsitlar -
diametromi 6 mkm dan kichik
eritrotsitlar - temir
yetishmovchilik anemiyasiga xarakterli,
Makrotsitlar
- diametromi 9 mkm dan katta eritrotsitlar - jigar
kasalliklarida va splenoktemiyadan keyin kuzatiladi.
Mesalotsitlar
- yirik (12 mkm atrofida), ovalsimon giperxrom
с
eritrotsitlar, megaloblastlar yetilganda xosil bo‘ladi
- organizmda
vitamin V I2 va foli kislota yetishmaganda paydo bo‘ladi.
Eritrotsitlar yetilishining patologik xolatlarida anizotsitoz bilan
birga,
ularning shaklini
o‘zgarishi - poykilotsitoz kuzatiladi:
cho‘zinchoq,
ovalsimon, noksimon, o‘roqsimon, sharsimon va x.k
shaklli eritrotsitlar.
Suyak ko‘migining eritropoetik funksiyasi yetishmovchiligida,
suyak ko‘migidan qonga yetilmagan «yadroli»
qizil qon elementlari -
normoblast va eritroblastlar chiqadi.
Eritrotsitlar yetilishining patologik xolatlarida, eritrotsitlarda «Jolli
tanachalari» - olchaqizil rangga bo‘yaluvchi, diametri 1-2 mkm li
yumaloq xromatin xosilalari va «Kebot xalqasi» - qizil, xalqa, sakkiz
ko‘rinishidagi yadro qobig‘i qoldiqlari saqlanishi mumkin.(
Asosan
V12-tanqislik anemiyada uchraydi).
Eritrotsitlaming bazofil donadorligi, ko‘k donachalar ko‘rinishida
keltirilgan. Bunday eritrotsitlar qo‘rg‘oshin va og‘ir metall tuzlari bilan
zaxarlanganda,
talassemiyada,
V I2-
va
foli
kislota tankislik
anemiyasida,
alkogol intoksikatsiyalarida, dori vositalarining sitotoksik
ta'siri natijasida kuzatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: