Rang ко ‘rsatkich
- gemoglobin miqdori va eritrotsitlar soni o‘rta
sidagi nisbat.U eritrotsitni gemoglobin bilan to‘yinish
darajasini
belgilaydi.
Rang
ko‘rsatkichga
qarab,
eritrotsitlar
tarkibidagi
gemoglabin normal (normoxrom), pasaygan (gipoxrom), 0,8 dan past,
yoki ortganligin(giperxrom), 1,1 danyuqori aniqlash mumkin.
Gematokrit (haematokritos)
erkaklar - 40-48 %,
ayollar -
36-42
%
Eritrotsitlaming umumiy xajmi (gematokrit ko‘rsatkich),
plazma
va qon shaklli elementlari o‘rtasidagi foizdagi nisbati xaqida ma'lumot
beradi. Bu qon kasalliklari va boshqa kasalliklarda katta ahamiyatga ega.
Gematokritni sifatiy aniqlash
Gematokrit ko‘rsatkichni aniqlash, to‘g‘ri usulda amalga oshiriladi.
Eritrotsitlaming umumiy xajmi antikoagulyantlar bilan aralashtirilgan
qonda tekshiriladi (geparin yoki natriya sitrat eritmasi).
Aniqlash
sentrifugali bo‘laklangan probirkada yoki Panchenkov kapillyarida
o‘tkaziladi.
Ishonchli gematokrit ma'lumotlar
olish uchun, standart sharoit
sifatida 3000 ob/min 30 min davomida sentrifugalash qo‘llaniladi.
Ushbu sharoitga amal qiliganda eritrotsitlar
orasida suyuqlik qolmaydi,
suyuqlik ustidan chiqib xam turmaydi.Gematokrit aniqlashni eng qulay
va aniq usuli gematologik apparatlar yordamida tekshirish xisoblanadi.
Gematokritning miqdoriy tarkibi
norma: Yangi tug‘ilgan chaqaloqda - 44-62 %;
uch oylikda - 32-44 %;
1 yoshda - 36-44 %;
10 y o shda- 37^14%;
erkaklarda - 40-48 %;
ayollarda - 36-42 %.
Gematokrit ко ‘rsatkich ortadi:
• birlamchi va ikkilamchi eritrotsitozlarda;
• degidratatsiyalarda (profuz
ich ketishi, qusish bilan kechuvchi,
oshqozon-ichak kasalliklarida; ko‘p terlash; diabetda);
• aylanuvchi plazma umumiy xajmining kamayishida (peritonit,
kuyishlar).
Gematokrit ко ‘rsatkich kamavadi:
• anemiyalar. Anemiyalarda gematokrit ko‘rsatkich
kamayishi,
eritrotsitlar miqdorining kamayishi bilan paralel kechadi;
• aylanuvchi plazma umumiy xajmining ortishida (yurak-qon
tomir va buyrak yetishmovchiligi, xomiladorlikning
oxirgi oylarida,
giperproteinemiyalarda);
• surunkali yallig‘lanish jarayonlari,
travmalar, och qolish,
surunkali giperazotemiyada, onkologik kasalliklarda;
• gemodilyusiyada (vena
ichiga suyuqlik yuborilganda, ayniqsa
buyraklaming funksional qobiliyati pasayganda).
Dostları ilə paylaş: