Donali-to‘rli strukturalar endoplazmatik to‘r, RNK saqlovchi ribosoma
va mitoxondriya qoldiqlarini tutishi elektron-mikroskopik aniqlangan.
Retikulotsitlarda ma'lum darajada oqsil (globina), gem, purinlar,
pirimidin
nukleotidlari, fosfatidlar, lipidlar sintezlanadi,
lekin RNK
sintezlanmaydi. 2 kun davomida retikulotsit qonda aylanadi, keyin RNK
si kamaygan sayin yetilgan eritrotsitga aylanadi.
Oddiy gematologik usullarda bo‘yalgan surtmalarda, retikulotsitlar
kulrang-pushti rangda - polixromatofil.
Retikulotsitlarni xisoblash usullari
Xozirgi kunda retikulotsitlarni xisoblashni unifitsirlangan usuli,
brilliant krezil ko‘ki, azur I yoki azur II bilan bo‘yalgandan
keyin,bevosita oyna yoki prbirkada sanash keng qo‘llaniladi.
1.
Usul prinsipi.
Eritrotsitlarni
ishqoriy
bo‘yoqlar
bilan
bo‘yagandan so‘ng, donali-to‘rli substansiyasini aniqlash va sanash.
2.
Reaktivlar:
a) brilliant krezil ko‘kining absolyut spirtda
to‘yintirilgan eritmasi (absolyut spirt tayyorlash uchun 96%
li etanolni
mis kuporosi kukunida ushlab turish kerak ) 100 ml spirtga 1,2 g
bo‘yoq;
b) azur I eritmasi: azur I - 1 g, ammoniy oksalat - 0,4 g, natriy
xlorid - 0,8 g, etil spirti 96% - 10 ml, distillangan suv - 90 ml. Eritmani
yopiq flakonda, 2-3 kunga termostatga 37 °S ga, ko‘yiladi va vaqti-vaqti
bilan chayqatib turiladi. Keyin xona temperaturasigacha
sovutiladi va
qog‘ozli filtrda filtrlanadi.
Eritma qora shishali idishda saqlanadi. Quyqa xosil bo‘ladigan
bo‘lsa, eritma qaytadan filtrlanishi kerak;
v) azur II eritmasi: azur II - 1 g, natriy sitrat - 5 g, natriy xlorid -
0,4 g, distillangan suv - 45 ml. Eritma termostatda 37 °S da 2 sutkaga
qoldiriladi, vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi.
Erishini tezlatish uchun
bo‘yoqni kuchsiz olovda 15-20 min davomida, qaynashgacha olib
bormasdan qizitish mumkin. Xona temperaturasigacha sovutiladi va
filtrlanadi.
Eritma qora shishali
idishda saqlanadi
3.
Dostları ilə paylaş: