Korallsimon tolalar yog‘ kislota tuzlari bilan qoplangan elastik
tolalar.Bu tolarni balg‘amda aniqlanishi sil kavernasi borligidan dalolat
beradi.
Oxakli elastik tolalar - dag‘al, kalsiy tuzlari bilan to‘yingan,
tayoqchasimon hosilalar.
Sil o ‘chog‘i parchalanganda balg‘amda aniqlanadi.
Fibrin to‘rsimon joylashgan paralle ingichka tolalardan iborat.
Balg‘amda fibrinlar ko‘pincha yalligianish jarayonlarida (fibrinoz
bronxit, tuberkulez, aktinomikoz, krupoz pnevmoniya)kuzatiladi.
Kurshman spirallari shilliq har xil o ‘lchamdagi hosilalar.
Kurshman spirallari mikroskopik shilliq spiralsimon yumoloqlashgan
leykotsitlar va Sharko-Leyden kristallaridan tashkil topgan..
Kurshman spirallari ko‘pincha
bronxial astmada, shuningdek
boshqa patalogik jarayonlarda (har xil bronxitlar, pnevmoniya, abssesse,
o ‘pka raki), obstruktiv komponentlarda kuzatiladi.
Kristal hosilalar
Sharko-Leyden kristallari har xil o ‘lchamdagi rangsiz, oktaedr
shaklda
bo‘lib,
kompas
strelkasini
eslatadi.
Ular
eozinofillar
parchalanganda oqsil mahsulotlaridan hosil bo‘ladi,
shuning uchun
yangi ajralgan balg‘amda har doim ham aniqlanmaydi.
Bronxial astma, eozinofil bronxit, o ‘pkaning gelmintlar bilan
zaralanishida bu kristallar xarakterli hisoblanadi.
Gematoidin kristallari nekrotik to‘qirnalarda
qon quyilganda
uchraydi (gemoglobinning kislorodsiz muhitda parchalanishidan). Bu
o‘tkir uchli rombsimon kristallar sarg‘ish rangda. Absessda ba'zida
o ‘pka gangrenasida balg‘amda topiladi.
Xolesterin kristallari rangsiz, to‘g ‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘ladi,
yopiq bo‘shliqlarda (abssess, tuberkulez, exinokokkoz) yog‘ning
parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Yog‘ kislota kristallari - bo‘shliqlarda balg‘amning turib qolishi
natijasida (tuberkulez, abssess, bronxoektaz) yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: