Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar Reja



Yüklə 346,52 Kb.
səhifə4/9
tarix16.04.2022
ölçüsü346,52 Kb.
#55570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar

Ko’cha unsurlari.

Harakatlanish yo'lagining o'tkazish qobiliyati deb, vaqt birligida maksimal hisob bo'yicha harakatlanish yo'lagidan transport vositalarini o'tkazish imkoniyatiga aytiladi. Harakatlanish joylarida o'tkazish qobiliyati 1200 avt/soat, chorrahalarda 400-500. Barcha harakatlanish yo'laklarining o'tkazish qobiliyati harakatlanish qismining, ya'ni ko'chaning o'tkazish qobiliyatini beradi. Harakatlanish yo'lagining eni 3,75 m., harakatlanish qismining eni 3,75 ga karrali. Masalan: 2 x 3,75; 3 x 3,75; 4 x 3,75 va h.k. bo'lishi mumkin.

Aholining umumiy harakatlanishi deb, bitta shahar kishisi tomonidan bir yil davomida amalga oshiriladigan harakatlar soniga aytiladi. Uning kattaligi eng yirik shaharlarda 800-1200 harakatlanish orasida o'zgarib turadi. Shahar qanchalik yirik bo'lsa, shuncha harakatlanish kuchayadi, transport tizimi qancha yaxshi bo'lsa, harakatlanish shuncha kuchli bo'ladi. Umumiy harakatlanish - 1 yilda 250-300 ta mehnat qilish maqsadidagi harakatlanish, madaniy-maishiy harakatlanish (barcha qolganlari) va uyga qaytish uchun harakatlanishdan iborat. Har bir harakatlanishning -4asodifligiga qaramay, ularning yig'indisi katta sonlai qonuni bo'yicha anchagina doimiy kattalik hisoblanadi. Shuning uchun, shaharning barcha qismlari o'rtasida barqaror aloqalar aholining harakatlanishi bilan bog'liq.

Yirik shaharlarda harakatlanishning varmldan ko'p qismi trans- portda amalga oshiriladi Transport harakatlanishi kattaligi shaharning o'lchamlariga va transport tizimining sifaligu bog'liq. Yirik shaharlarda harakatlanish transport tizimi imkoniyatlari orqali chegaralangan. O'z navbatida, harakatlanish vaqtlari ham chegaralanadi va inson harakati uchun energiya sarfi ko’payadi. Shahar kattalashgan sari boriladigan obyektlar soni ortadi, shuning uchun yirik shaharlarda harakatlanishning eng yuqori ko'rsatkichi vaqt balansi va energiya sarfi bilan aniqlanadi.

Shaharda harakatlanishning umumiy hajmini aholi soniga umumiy harakatlanish kattaligini ko'paytirish orqali topish mumkin. Transportdan foydalanish koeffisiyentiga ko'paytirib olingan natija transportda yuk tashish hajmini beradi. Shahar tumanlari oralig'idagi yo'lovchilar oqimi kattaligi aholi soniga va bu tumanlardagi ommaviy qatnov joylariga to'g'ri proporsional va ularning oralig'iga teskari proporsionaldir. Bunda masofa muhim emas, balki harakatlanishga sarf qilingan vaqt qancha kam bo'lsa, harakatlanish ehtimoli aniqroq bo'ladi. Hozirgi vaqtga kelib, mamlakatimiz intensiv avtomobillashtirish davriga kirdi.

Avtomobillashtirish me'yori 10-15 yil ichida 1000 odamga 96 tadan 200—250 tagacha yetishi mumkin. Bu ko'cha harakati intensivligini 3—4 marta, shaharning ba'zi qismlarida esa 5-10 marta o'sishiga olib keladi. Shuning uchun bu yillarda kutilayotgan harakat hajmini o'z ichiga oladigan ko'chalar, shu jumladan to'xtovsiz harakat magistrallarini qurish dolzarb masalalarga aylanmoqda. Avto- mobillashtirishning yuqori darajasi ommaviy yo'lovchi transporti rolini sira ham kamaytirmaydi. Ommaviy yo'lovchi transportida tashish 65- 70% dan kam bo'lmasligi lozim.



Ko'cha harakatlanish intensivligi vaqt birligida ko'cha kesimidan o'tayotgan transport vositalarining miqdoridir. Kutilayotgan harakat intensivligini bilgan holda ko'chalardagi yo'laklarsonini, bundan kelib chiqib talab etilgan harakatlanish qismining kengligini aniqlash mumkin.

Harakatlanishni tashkil etish. Shaharlarda ko'cha chorrahalari bo'ylab harakatlanishni tashkil etish kelajakda transport oqimlarini o'tkazishni ta'minlashi kerak.

Ko'ndalang kesim — bu ko'chani ko'ndalang kesishdan hosil bo'ladi. Ko'chaning eni bo'yicha chegaralari uning qizil chizig'i deyiladi. Hech qanday bino va inshoot qizil chiziq chegarasini bosib o'tmasligi kerak.

Ko 'cha gabariti. Ko'chalarning eni umumiy holda quyidagicha aniqlanishi mumkin: yo'laklar sonini harakat qismi kengligiga (3,75) ko'paytiriladi, bunga ikki tomondagi piyoda yo'llarining eni qo'shiladi, ajratish yo'laklari, tramvay yo'llari ham shunga qo'shiladi, olingan natija qizil chiziqlar orasidagi masofa hisoblanadi. G-50 bo'lsa, ko'cha eni 50 m hisoblanadi.




Yüklə 346,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin