Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar Reja


Shahar magistrallari va yo’llari tizimlari turlariga misollar



Yüklə 346,52 Kb.
səhifə3/9
tarix16.04.2022
ölçüsü346,52 Kb.
#55570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar

Shahar magistrallari va yo’llari tizimlari turlariga misollar:

A—to'g'ri burchakli; B— uchburchak va ko'pburchakli; D- radial-halqasimon; E— aralash; F—erkin sxemada; G-ilmoqsimon sxemada.

Ko'cha yo'l tarmoqlariga quyidagi talablar qo'yiladi:


  • shahar yo'llarining magistral ko'chalarining va yo'laklarning yagona tizim sifatida qaralishi, tarmoqdagi har bir element alohida qism sifatida, funksiyasini bajarishi;

  • transport vositalarini ularning konstruktiv o'ziga xosligini va perspektiv harakat hajmidan kelib chiqqan holda xavfsiz o'tishini ta'minlash, shaharning hamma qismlarini qisqa aloqalar bilan bog'lanishini ta'minlashi;

  • tashqi transport bilan bog'lanishi va shaharga kirishning qulay ta'minlanishi;

  • qurilmalarda muhandislik kommunikatsiyalarini o'tkazishda qulayliklar ta'minlanishi;

  • shahar o'lchamiga va transport oqimlariga mos kelishi;

  • shahar muhitining garmonik rivojlanish imkoniyatini, shu jumladan, shahar maydonining o'sish imkoniyatini ta'minlash;

  • iqtisodiy jihatdan tejamli bo'lishini ta'minlash.

Ko'cha yo'l tarmoqlarining sifatini belgilovchi obyektiv ko'rsat- kichlari: ko'cha yo'l tarmoqlari uzunligi, ko'cha yo'l tarmoqlari zichligi, shahar, tuman ko'cha yo'l tarmoqlari uzunligining uning maydoniga nisbati. Tarmoqning zichligi qancha katta bo'lsa, uning o'tkazish qobiliyati yuksaladi. Agar zichlik keragidan kichikroq bo'lsa, transport oqimini o'tkaza olmaydi, probka paydo bo'ladi, bekatgacha uzoq masofa bo'lib qoladi, ko'proq yurishga olib keladi. Agar zichlik yuqori bo'lsa, maydon ancha kamayadi. Shaharlarda ko'cha tarmoqlariningo'rtacha zichligi - 1,5-2,5 km/km. Markaziy qismdagi zichlik - 2,5­4,0 km/km2.

Transport oqimining tezligi yo'nalish boiyicha bo'lish lozim. Tranzit (shahar, markaz, tumanga nisbatan) va yuk mashinalari harakati ajratilishi lozim. Bu muammo funksional hududlarga ajratisli bilan birga bir vaqtning o'zida hal etiladi: ommaviy tashriflar uchun obyektlar, yuk oqimlarini shakllantiruvchi punktlar shahar tarxida eng qulay darajada joylashmog'i, bunda kelib chiqayotgan muammolarni hisobga olish lozim. Masalan, bu ortiqcha mablag' sarflanislnga va ortiqcha yuk tashishga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday moddiy xarajatlardan tashqari, shahar aholisining ommaviy vaqti yo'qolishiga sabab bo'ladi.




Yüklə 346,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin