Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar Reja


Radial halqali sxemada loyihalangan shaharlar



Yüklə 346,52 Kb.
səhifə2/9
tarix16.04.2022
ölçüsü346,52 Kb.
#55570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ko’cha yo’l tarmoqlariga qo’yiladigan asosiy talablar

Radial halqali sxemada loyihalangan shaharlar:

a- Moskva; b- London; d- Berlin.

To'g'ri burchakli sxema. O'tgan asrda keng qo'llanilgan bo'lib, oldindan loyihalanib qurilgan shaharlarda uchraydi. Unda magistrallar tizimi 90" ga yaqin bo'lgan burchak ostida kesishuvchi to'rsimon shaklni o'zida ifodalaydi. Qulayligi — qurilishni tashkil etishda va harakatlanish uchun qulayliklar yaratishda; kamchiligi - transporting uzoq masofaga yurishida.



Nyu-York. Kvartallarning bir xil qaytariluvchi, transport harakatini yaxshilovchi diagonal ko’chalarsiz to’g’ri burchakli loyihaviy «panjara» misoli.

Uchburchakli sxema. Magistral ko'chalar tizimi 60° ga yaqin burchak ostida kesishib, magistrallar oralig'i hududlarining uchburchak ko'rinishiidagi hududini shakllantiradi.

To'g'ri burchakli chiziqli sxema cho'ziq shaklli (chiziqli) shaharlarda qo'llaniladi. Shaharning u boshidan bu boshigacha eng qisqa vaqtda yetib borishni ta'minlash, shaharning funksional qismlarini to'g'ri loyihalash muhim. Funksional qismlar shunday taqsimlanishi kerakki, unda yashovchilarning kundalik turmushi jarayonida jamoat markazlari, maishiy xizmatlardan va boshqa xizmatlardan foydalanishi eng qulay holda tashkil etilsin.

To'g'ri burchak-diagonal sxema. To'g'ri burchakli sxema diagonal magistrallar bilan to'ldirilib yaxshilanadi. Transportlarning uzoq yurishi kamaytiriladi, vaqt ketishi minimal holatga keltiriladi. Kamchiliklari — magistrallar kesishgan joylarda murakkab tugunlar hosil qilinadi. Magistral ko'chalar oralig'ida qurilishlar qiyinlashadi.

Kombinatsiyalashgan sxema. Yirik shaharlarda amalda keng tarqalgan. Misol uchun shaharning bir qismi muntazam to'g'ri burchakli . iizimda, boshqa qismi radial-halqasimon yoki uchburchak sxemada hal qilinishi mumkin. Ba'zan shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar muntazam sistemada, ikkinchi darajali ko'chalar esa, yarim halqa yoki uchburchak sxemada hal qilinadi.

Erkin sxema murakkab relyeflarda qo'llaniladi. Shahar liududining transport tizimini yuqorida keltirilgan birorta sxema asosida loyihalash imkoni bo'lmaganda shu usul qo'llaniladi. Bunda aholining qatnov yo'nalishlari eng qisqa masofa bo'ylab birlashtiriladi.




Yüklə 346,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin