Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholiga to'g'ri keladigan demografik yuklama (mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilaming 1000 ta mehnatga qobiliyatli yoshdagilarga nisbati) koeffitsiyentlarini aniqlang:
a) mehnatga qobiliyatli yoshdan kichiklar bo'yicha;
b) mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar bo'yicha;
d) jami mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilar bo'yicha.
9-masala. Viloyat bo'yicha «N»-yilning 1-yanvarida 12 yoshga to'lgan bolalar soni 14200 bo'lsa, quyida berilgan yashash koef fitsiyentlari bo'yicha «N+4»-yilda mehnat qilish yoshiga to'ladiganlar sonini hisoblang.
10-masala. Tumandagi mehnat resurslarining soni 1-yanvar «N»-yilda 1242,5 ming kishi, 1-fevral «N»-yilda 1270,7 ming kishi, 1-may «N»- yilda 1302,3 ming kishi, 1-iyul. «N»-yilda 1300,5 ming kishi, 1-dekabr
«N»-yilda 1238,1 ming kishi, 1-yanvar «N+l»-yilda 1299,9 ming kishi bo‘lgan. Tuman mehnat resurslarining o‘rtacha yillik sonini aniqlang.
11-masala. Tuman bo'yicha mehnat resurslarining soni va taqsim- lanishi haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):