Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə359/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
MAMLAKATIMIZDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH TAHLILI 
 
Elmurodov Mukhammadkodir 
Student of Kokand University 
Annotatsiya:
XXI asr texnologiyalar asrida raqamli iqtisodiyot juda ham jadallik bilan 
rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish yangidan yangi g‘oyalarni ishlab 
chiqarish asr talabi bo‘lib qolmoqda. Bunday sharoitda ko‘plab mamlakatlar raqamli 
iqtisodiyot
ni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar va qarorlar ishlab chiqarmoqda. 
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishlarda istiqbolli harakatlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada 
raqamli iqtisodiyot hamda O‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini o’
rganadi. 
Kalit so‘zlar: 
Raqamli iqtisodiyot, e-tijorat, innovatsiya, texnologiya, xizmatlar, tizim, 
strategiya. 
Kirish: 
Hozirgi kunda butun dunyo jadallik bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa, raqamli 
texnologiyalar juda ham tez rivojlanmoqda. Biz endi hayotimizni texnologiyalarsiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydigan darajaga keldik. Biz bu texnologiyalar yordamida bir qancha ishlarni 
yengillashtirmoqdamiz. Vaqtimizni tejayapmiz, uzoq masofalardagi ishlarimizni ham tez hal 
qilmoqdamiz. Yurtimizga ham raqamli iqtisodiyot shu jumladan elektron xizmatlar, elektron 
tijorat va bizneslar shiddat bilan kirib kelmoqda. Buning natijasida ko‘plab xizmatlar hattoki 
davlat xizmatlari ham online xizmatlarga o‘tmoqda. Oddiy misol agar davlatning raqamli 
xizmatlaridan foydalansak bizga 10 foizgach
a chegirma berilmoqda [1]. Bundan ko’rinib 
turibdiki, bizning mamlakatimiz ham raqamli iqtisodiyotni qo’llab quvvatlaydi. Yana misol 
keltiradigan bo’lsak bank xizmatlari ham raqamlashmoqda. Bankka borib, navbat kutib 
to‘lovlarni amalga oshirishing
iz shart emas, bankning mobil ilovasi orqali ham xizmatlardan 
uyda o’tirgan holda foydalanishingiz mumkin. Albatta bu juda ham yaxshi qulayliklardir.
Yurtimizda mashhur bo’layotgan yetkazib berish xizmatlari, online bizneslar ya’ni
e-tijoratga misol 
bo’la oladi. E
-tijorat bu 

internetdan foydalangan holda savdo-sotiqni 
amalga oshirishimizdir. Bu albatta raqamli iqtisodiyotning ko’rinishlaridan biridir. Biz 
hozirda uydan chiqmasdan turib biror buyum yoki oziq-
ovqatga buyurtma bersak bo’ldi, 
o’
zlari uyimizga yetkazib berishadi.
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot atamasi juda ko’p uchraydi. Chunki rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyot yaxshigina ta’sir ko’rsatadi. Bundan ko’rininb 
turadiki, raqamli iqtisodiyot jamiyat hayotida muhim 
rol o’ynamoqda. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin