Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə647/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   643   644   645   646   647   648   649   650   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Annotatsiya
: Ushbu tezisda oila kutubxonasi bola intelekti va ma’naviyatining asosi 
ekanligi, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun qanday kutu
bxona tashkil etish 
kerakligi, necha yoshdan qanday kitoblar 
o‘qib berish kerakligi haqida umumiy xulosalar 
ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
: Maktabgacha ta’
lim tashkiloti, kitobxonlik, oila kutubxonasi, kitobxonlik 
madaniyati, ma’naviy barkamollik. 
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3-6 yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim 
va tarbiya olish imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar, aholi va 
jamoatchilikning bolalarga erta ta'lim berish va oilada erta kitob o‘qishni tashkil etishning 
ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida tizimdagi b
archa maktabgacha ta'lim 
tashkilotlari qoshida kichik kutubxonalar tashkil etilmoqda. 
Kichik kutu
bxona o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun she’riy 
to‘plamlar bilan ta'minlanadi va kitoblarni topish qulay bo‘lishi uchun har bir bo‘lim badiiy 
belgi: daraxt, ertak qahramonlar kabilar bilan nomlanadi. Kichik kutubxonalar tashkilot ichki 
imkoniyati hamda homiylarni jalb qilgan holda tashkil etiladi va bolajonlar uchun xizmat 
qiladi.
Bolalarda mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish maqs
adida tarbiyachi-pedagoglar 
tomonidan kitoblarni ifodali o‘qish, o‘qilgan kitoblar haqida suhbat, 
rasmlarni tomosha qilish, 
notanish so‘zlarni tushuntirish, adabiyot kechalari va biror mavzuga bag‘ishlangan kitoblar 
ko‘rgazmasi tashkil etish kabi turli usullar qo‘llaniladi. Bu kabi usullar bola shaxsi, uning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlanishi, bilish faolligining asosi sifatida umuminsoniy qadriyatlari bilan 
tanishishi, ijodiy tasavvurini shakllanishi, qiziquvchanligini rivojlantirishga yordam beradi. 
Zamo
naviy maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni badiiy adabiyot bilan 
tanishtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 
1. Kichik guruxlardan boshlab bolalarni badiiy adabiyotga qiziqish uyg‘otish.
2. Bolalarda ertak, hikoya, rivoyat, she’r va badii
y asar namunalaridan berib tinglash, 
tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish, ishtiyoqni tarbiyalash, asar qahramonlari 
harakatiga baho berishni shakllantirish. 
3. Asar mazmuni yuzasidan savollarga javob berish, asar qahramonlari harakatlari, ruhiy 
kechinmalarini ma’naviy ta’riflash, to‘g‘ri baho berishga o‘rgatish.
4. Asar g‘oyasi tasviriy vositalarini yoshiga mos xolda tushunish, o‘z qarashlari, 
mulohazasini bildirishga o‘rgatish.
5. Badiiy asarni hikoya qilish va uning mazmunini so‘zlab berish, she’rni ifodali yoddan 
aytish orqali nutq ohangi. 
Buyuk ota-bobolarimiz bola tarbiyasida kitobni 
o‘rni katta ekanini uni tafakkurning 
to‘lmas qanoti sifatida inson ma’naviy olamini boyitishi, yuksak ijodiy va yaratuvchanlik 
vositasi sifatida nihoyatda qa
drlash hamda undan samarali foydalanish zarurligini ta’kidlab 
o‘tganlar. Mutaxassislar bola hayotining ilk yosh davrini “mo‘jizalar davri” deb nomlaganlar. 
Bu davrda bola kitob o‘qishga tayyorlanadi. Bunda avval nutq malakalarini eshitish va 
so‘zlashni mukammal o‘rganib olishlari lozim. Oilada tarbiyani barcha mezonlari 
shakllantirilganidek kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara 
beradi. Oilada ota-
ona kitobga mehr qo‘ygan bo‘lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand 
ham kitobga o
shno bo‘ladi bunday farzandlarning dunyoqarashi fikrlash doirasi keng bo‘ladi, 


585

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   643   644   645   646   647   648   649   650   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin