Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
tizimining rivojlanishi bu borada muhim omiliga aylandi. Xususan, Innovatsion rivojlanish 
vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish va innovatsion g

oyalarni qo

llab-quvvatlash
jamg

armasi tashkil etildi. 
Shuningdek, “Fan va ilmiy faoliyat to’g’risida”gi qonun qabul qilin
di. Unda ilmiy ijod va
axborot erkinligi, samaradorlik va ijodiy raqobat

fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy 
tamoyillaridan biri sifatida belgilandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-yilda 
e’lon qilingan “Olima ayollar grantlari” amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga hozirga
qadar xotin-qizlar tomonidan umumiy qiymati 1,7 trln so
‘m bo’lgan jami 1
11 ta ilmiy
loyiha taqdim etildi. Dastlabki texnik ekspertiza natijalariga ko’ra, 40 ta loyihaga i
jobiy
xulosa berilgan hamda umumiy hajmi 10 mlrd 450 mln so’mlik 9 ta loyiha 
moliyalashtirilgan. Respublika ilmiy va o’quv muassasalarida 700
nafardan ortiq ayol fan 
doktori hamda 6 nafar akademik ayol faoliyat ko’rsatmoqda.
O

zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy institutlarda uch mingga yaqin xotin-
qiz ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali olib bormoqda. O

zbek olimalari kimyo, 
biotexnologiya, qishloq xo’jaligi va boshqa ko’plab sohalarda o’z bilim hamda qobiliyatlarini 
namoyon etmooqda. Ularning intellektual ishlari xorijiy ilmiy markazlar tomonidan yuqori 
baholanmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 29-oktyabrdagi Farmoni bilan 2030-yilgacha 
fanni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Ta’kidlash joizki, mazkur Farmon iqtisodiy
va 
ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirish, ilmiy, intellektual va moliyaviy resurslarni to’liq 
safarbar etish bilan ilmiy va innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, kelajakda ilm-fanni 
uzluksiz isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash, o’z
-
o’zini o’ylaydigan yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 5-martdagi
“Xotin
-
qizlarni qo’llab
-quvvatlash, 
ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini ya
nada takomillashtirish 
chora-
tadbirlari to’g’risidagi qarori mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy 
hayotining barcha jabhalarida xotin-
qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy 
ko’nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko’maklashishga xizmat 
qilmoqda. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin