137
www.
kokanduni.uz
BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA
YOSHLAR VA XOTIN QIZLARNI MOLIYAVIY
SAVODXONLIGINI OSHIRISH
Raxmatullayeva Durdona Ravshanovna
Pedagogik innovatsiyalar instituti dotsenti, PhD.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini
rivojlantirishda yoshlar va
xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish orqali erishish va uni amalga oshirish
chora-tadbirlari xususida keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
yoshlar, xotin-qizlar, moliyaviy savodxonlik,
tadbirkorlik, tadbirkorlik
faoliyat, iqtisodiy o‘qish, aholi, imtiyoz
.
Mamlakatimizda islohotlar davrida xotin-qizlar va yoshlar masalalariga juda katta
e’tibor qaratilib, bugungi kunda O‘zbek
istonda ishsizlarning 732
ming nafari yoshlar, 834
ming nafari xotin-
qizlar tashkil etadi, bundan ko‘rish mumkinki, yoshlar va ayollarni hayotga
motivatsiyalash va moliyaviy savodxonligini oshirish, natijada o‘z o‘zini bandligini ta’minlash
bugungi asosiy
vazifalardan biridir. Ma’lumki, har qanday mamlakatda ahol
ining kam
ta’minlangan qatlami mavjud. O‘zbekistonda ham odamlarning muayyan qismi yetarli
daromad manbaiga ega emas [1].
Bunda aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikni
kamaytirish eng asosiy masala hisoblanadi. Sh
uningdek, mamlakatimizda kambag‘allikni
qisqartirish, odamlarni ish bilan ta’minlash, daromadini
oshirish hozirgi paytda har
doimgidan ham muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifani esa, albatta, aholining moliyaviy
savodxonligini oshirish orqali amalga oshirish mumkin.
Mahalliy olimlar tomonidan mehnat bozorida yoshlar va xotin-qizlar masalalari va
ularning ishsizligi, ijtimoiy himoyasi muammolariga bag‘ishlangan
bir qancha ilmiy
tadqiqotlar R.A.Ubaydullaeva (mehnat bozorida ayollar holati), D.X.Bobonazarova (qishloq
ayollari ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi), N.Rahimova (mehnat bozorida
ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish)lar tomonidan olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarda
bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xotin qizlarning ish bilan bandlik darajasi,
mamlakat
iqtisodiyotining norasmiy sektorida xotin qizlarning mehnat bozoridan ulushi, xotin
qizlarning iqtisodiy faolligi, xotin qizlarning ish bilan bandligiga ta’sir etuvchi omillar,
qishloq
joylarda xotin qizlarning ish bilan bandligini osh
irish mexanizm va yo‘nalishlari tahlil etilgan
[2].
Z.Xusanova “Jahon iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omiliga aylangan bo‘
lib, uzoq muddatli davrda biznes
yuritish sohasini barqarorligini ta’minlashida ayollar tadbirkorligini
rivojlantirish zaruriyati
yuqori hisoblanadi” deb ta’kidlaydi.
Yoshlar va xotin-
qizlarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha Z.Xudoyberdiyev, A.Nizamov,
D.Raxmatullayeva, N.Murodova, R.Xakimov, M.Artiqovalar bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib
borilgan [3].