Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


137
www.
kokanduni.uz 
BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA
 YOSHLAR VA XOTIN QIZLARNI MOLIYAVIY 
SAVODXONLIGINI OSHIRISH 
 
Raxmatullayeva Durdona Ravshanovna 
Pedagogik innovatsiyalar instituti dotsenti, PhD. 
 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda yoshlar va 
xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish orqali erishish va uni amalga oshirish 
chora-tadbirlari xususida keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
yoshlar, xotin-qizlar, moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik, tadbirkorlik 
faoliyat, iqtisodiy o‘qish, aholi, imtiyoz
.
Mamlakatimizda islohotlar davrida xotin-qizlar va yoshlar masalalariga juda katta 
e’tibor qaratilib, bugungi kunda O‘zbek
istonda ishsizlarning 732 ming nafari yoshlar, 834 
ming nafari xotin-
qizlar tashkil etadi, bundan ko‘rish mumkinki, yoshlar va ayollarni hayotga 
motivatsiyalash va moliyaviy savodxonligini oshirish, natijada o‘z o‘zini bandligini ta’minlash 
bugungi asosiy 
vazifalardan biridir. Ma’lumki, har qanday mamlakatda ahol
ining kam 
ta’minlangan qatlami mavjud. O‘zbekistonda ham odamlarning muayyan qismi yetarli 
daromad manbaiga ega emas [1]. 
Bunda aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikni 
kamaytirish eng asosiy masala hisoblanadi. Sh
uningdek, mamlakatimizda kambag‘allikni 
qisqartirish, odamlarni ish bilan ta’minlash, daromadini oshirish hozirgi paytda har 
doimgidan ham muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifani esa, albatta, aholining moliyaviy 
savodxonligini oshirish orqali amalga oshirish mumkin.
Mahalliy olimlar tomonidan mehnat bozorida yoshlar va xotin-qizlar masalalari va 
ularning ishsizligi, ijtimoiy himoyasi muammolariga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy 
tadqiqotlar R.A.Ubaydullaeva (mehnat bozorida ayollar holati), D.X.Bobonazarova (qishloq 
ayollari ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi), N.Rahimova (mehnat bozorida 
ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish)lar tomonidan olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarda 
bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xotin qizlarning ish bilan bandlik darajasi, mamlakat 
iqtisodiyotining norasmiy sektorida xotin qizlarning mehnat bozoridan ulushi, xotin 
qizlarning iqtisodiy faolligi, xotin qizlarning ish bilan bandligiga ta’sir etuvchi omillar, 
qishloq 
joylarda xotin qizlarning ish bilan bandligini osh
irish mexanizm va yo‘nalishlari tahlil etilgan 
[2].
Z.Xusanova “Jahon iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligi kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omiliga aylangan bo‘
lib, uzoq muddatli davrda biznes 
yuritish sohasini barqarorligini ta’minlashida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish zaruriyati 
yuqori hisoblanadi” deb ta’kidlaydi.
Yoshlar va xotin-
qizlarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha Z.Xudoyberdiyev, A.Nizamov, 
D.Raxmatullayeva, N.Murodova, R.Xakimov, M.Artiqovalar bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib 
borilgan [3].


138

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin